Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Afruza Hamdamova: «Maqsadim — ayollar o‘rtasida eng yosh grossmeysterga aylanish»

Afruza Hamdamova: «Maqsadim — ayollar o‘rtasida eng yosh grossmeysterga aylanish»

Baho:
+ | -

Italiyada shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda 14 yoshgacha bo‘lgan sportchilar orasida o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Qayd etib o‘tish joiz, Afruza O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi.

26 noyabr tongida Afruza O‘zbekistonga qaytib keldi. Sportchi musobaqa jarayoni, chempionlik taassurotlari bilan bo‘lishdi.

"Men ushbu g‘alabamni xalqimga, prezidentimga bag‘ishlayman. Raqiblarimning barchasi yaxshi shaxmatchilar edi. Ularga qarshi bir necha yildan buyon o‘ynab kelganim sababli, qanday yurishlarni amalga oshirishini yoddan bilardim.

Asosiy o‘yinlarda qora ranglarda o‘ynash qiyinchilik tug‘dirdi. Agar ular xato qilsagina mening g‘alaba qozonish imkoniyatim oshardi. Xato qilmasa, o‘yin durang bilan yakunlanardi.

Raqiblarimning asosiy kamchiligi oxirida endshpilda yaxshi o‘ynay olmasligi bo‘ldi. Shu sababli qaysi rangda bo‘lishimdan qat’i nazar endshpilda g‘alaba qozondim. Eng katta maqsadim — O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarish, ayollar o‘rtasida eng yosh grossmeysterga aylanish", — dedi Afruza Hamdamova.

Shuningdek, Afruzaning onasi ham uydagi shaxmatga bo‘lgan munosabat, qizining chempionligidan naqadar xursand bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.

"Ona sifatida judayam xursandman. Farzandining yutug‘ini ko‘rish, har qanday onaning orzusi.

Musobaqaga ketishdan oldin viza bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi. Shu sababli 1 ta turni o‘tkazib yubordi. Shunda ham boraverasanmi, yutishingga ko‘zing yetadimi, degan savolga o‘ylanib qoldi-da, yutishimga 80 foiz ishonchim komil deb javob berdi.

Qizim chempionligi bilan O‘zbekiston tarixiga kirdi. Dadasi qo‘ng‘iroq qilib, xabarni yetkazganida, judayam xursand bo‘ldim.

Oilaviy muhit eng asosiy sabab. Chunki dadasi ham, amakilari ham shaxmat bilan shug‘ullanib kelgan. Dadasi murabbiy sifatida juda qattiqqo‘l. Dada sifatida qaraganda, bu yutuqlarga erisha olmasdi deb o‘ylayman", — dedi Shabnam Ismatova.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:34, 26.11.2023.
O'qildi: 1631 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик