Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bay-bay, «Bayer», bay-bay!

Bay-bay, «Bayer», bay-bay!

Baho:
+ | -

Xabi Alonso boshqaruvidagi «Bayer» joriy mavsum startidagi qoyilmaqom statistikasi bilan hammani birdek hayratlantirmoqda

Hozirgi holatda Leverkuzen «banda»si Yevropaning eng kuchli klublaridan biri bo‘lib turibdi. Qarang, Germaniya jamoasi bu mavsum biror turnirda hali mag‘lubiyat ko‘chasiga kirgani yo‘q. «Bayer» statistikasiga qaragan kishining og‘zidan beixtiyor bir ibora chiqadi: «bay-bay...».

G‘olibona yurish. Hozirda «sherlar» (jamoa laqabi) hisobida 18ta g‘alaba va 1tagina durang bor. Bu 19ta o‘yin samarasi. «Dorishunoslar» xususan, Germaniya kubogidan o‘rin olgan 2ta o‘yinni umumiy 13:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Xabi Alonso jamoa­si shuningdek, Yevropa Ligasida ham 100 foizlik natijaga ega - 4ta g‘alaba.

Germaniyada eng zo‘ri. Faqat Bundesliga o‘yinlariga qarasak, Leverkuzen jamoasi dastlabki 12 ta turda 11 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etdi. Gollar nisbati - 37-10. Oddiy aytganda, 1ta uchrashuvga o‘rtacha hisobda 3tadan ko‘p gol to‘g‘ri kelmoqda.

Yetakchi. «Bayer» 34 ochkoga ega va Bundesliga turnir jadvalida «Bavariya»dek nahang­dan oldinda bormoqda. Qolaversa, YEL «H» guruhi karvonboshisi ham aynan Leverkuzen «banda»si.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 26.11.2023.
O'qildi: 4494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик