Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Bu mavsum Yevropada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ramziy jamoasi tuzildi

Bu mavsum Yevropada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ramziy jamoasi tuzildi

Baho:
+ | -

Yevropada hali ham grand klublar yulduz futbilchilarga yirik maoshlar berishda davom etmoqda. Biz Yevropaning eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchilari 11 taligini yig‘dik. Bu ro‘yxatni Capology via FBref nashri tuzib chiqdi.

Darvozabon: Manuyel Noyer – 21 million yevro

David de Xea o‘tgan mavsumda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi darvozabon unvoniga ega bo‘lgandi, ammo o‘tgan mavsum oxirida "Manchester Yunayted" bilan mega shartnomasi tugaganidan keyin bu unvonni yo‘qotdi.

Myunxenning “Bavariya” klubi ishonchli darvozaboni Noyer endi Yevropadagi eng ko‘p maosh oluvchi “darvozabon”i bo‘ldi. U amaldagi shartnomasini 2022 yilda uzaytirgan edi.

Bayern's Manuel Neuer to make comeback after year out - SportsDesk

U "Bavariya"da ketma-ket 11 ta Bundesliga chempionligini, shu jumladan ikkita treblni qo‘lga kiritganini hisobga olsak, uni klub rahbarlari qo‘llab-quvvatlagani adolatli bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Noyer 2023 yilda ta’tilda chang‘i uchayotganda oyog‘ini sindirib oldi va deyarli bir mavsumni o‘tkazib yubordi.

O‘ng qanot himoya: Ris Jeyms – 15,2 million yevro

Todd Beylining "aristokratlar"i so‘nggi yillarda o‘zlarining eng qimmatli yulduzlarini sotishga moyil bo‘lib, so‘nggi yillarda har qanday FFP dek bosh og‘rig‘idan qochish uchun deyarli 200 million funt sterling daromad qildi.

In pictures: Reece James' Chelsea century | News | Official Site | Chelsea  Football Club

Ammo ular ishongan Kobxem akademiyasining bitiruvchilaridan biri Jeyms bo‘lib, u o‘tgan yilning sentyabrida olti yilga shartnomani uzaytirdi va shundan beri klub sardori etib tayinlandi.

Chap qanot himoya Lyuka Ernandes – 19 million yevro

Himoyachilar orasida eng qimmat uchta yozgi transferdan biri - Ernandes yoz boshida 40 million yevro evaziga PSJga o‘tdi.

Lucas Hernandez après Newcastle-PSG : « C'est un match à oublier » -  L'Équipe

Fransiya termasi bilan Jahon chempioni Parijda besh yillik shartnoma imzoladi va Serxio Ramos ketganidan keyin Luis Enrikening orqa chizig‘ini birmuncha mustahkamlaydi.

Markaziy himoya: Rafayel Varan - 20,6 million yevro

Varan 2021 yilda "Manchester Yunayted"ga kelgan paytda jahon chempionati va to‘rtta Chempionlar ligasi chempioni bo‘lganini hisobga olsak, uning vakillari yuqori maosh olish uchun juda kuchli talab bor edi.

Raphael Varane left stunned by Man Utd exile with ex-Real Madrid star  lining up two possible transfers for next club | The Sun

Albatta, "qizil iblislar" Varanga yaxshigina haq to‘laydi. 30 yoshli futbolchi Premer-ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi himoyachi hisoblanadi.

Markaziy himoya: David Alaba - 22,5 million yevro

Varanda bo‘lgani kabi, Alabaning maoshi "Real Madrid"da uncha katta munozaralarga sabab bo‘lmadi.

Avstriyalik futbolchi "Bavariya" bilan so‘nggi mavsumida "trebl" yutgan va Ispaniya poytaxtiga erkin agent sifatida kelgani ko‘pchilikning yodida.

Real Madrid: 3 things we love the most about David Alaba

Alaba o‘zining qadr-qimmatini isbotladi, chunki "Los Blankos" o‘zining debyut mavsumida ham La Liga, ham Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Ikkinchi yil nisbatan umidsizlikka uchradi, ammo u ushbu to‘plamni Qirollik kubogi bilan yakunladi. Bunday olib qaralganda uncha yomon emas.

Yarim himoya: Frenkiye de Yong - 37,5 million yevro

"Barselona" so‘nggi bir necha yil ichida o‘z maoshlarini kamaytirishga harakat qildi, Lionel Messi, Xerard Pike, Serxio Buskets va Xordi Alba kabi uzoq yillik yuqori maosh oluvchilar jamoani tark etishdi.

Ammo De Yongning yiliga 37 million yevro miqdoridagi ulkan maosh paketi sobiq prezident Xosep Mariya Bartomeu davridagi muvaffaqiyasiz sarmoyalar sirasiga kiradi.

Frenkie de Jong not expected to make Barcelona return until late November -  Barca Blaugranes

Agar u Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tmasa, bu amaldagi kelishuv deyarli uning faoliyatidagi eng yuqori maosh bo‘ladi.

Yarim himoya: Kevin De Bryuyne – 24,3 million yevro

"Manchester Siti"ning belgiyalik pleymeykeri Premer-liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.

Kevin De Bruyne's comments on Man City exit as Arsenal await points  deduction decision - football.london

U shuningdek, agenti bo‘lmagan kam sonli futbolchilardan biri. Futbolda eng zo‘rlaridan biri bo‘lganingdan keyin agent nega kerak?

Yarim himoya: Toni Kroos – 24,3 million yevro

Kroos 33 yoshda bo‘lsa-da, yaqin kelajakda iste’foga chiqishini o‘yalamaypti. Nemis yarim himoyachisi nafaqani yuqori saviyada tugatishni va buning biror joyda zaxira o‘rindig‘ida qolib ketishini istamasligini aytdi.

Uning amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi va Madridliklar o‘z yarim himoyasini keyingi avlod uchun Jude Bellingham, Eduardo Camavinga va Aureliyen Chuameni bilan tartibga solganini hisobga olsak, u faoliyatini tugatishi ajablanarli emas.

Real Madrid: Is Toni Kroos not being used to his full capability?

Kroos "Los-Blankos"dagi uzoq yillik jamoadoshi, iyun oyida "Bernabeu"da bir yillik shartnoma imzolaganidan keyin kamroq maosh oladigan Luka Modrichdan oldin mazkur ro‘yxatga kiritildi.

Tez orada Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Hujum: Usmon Dembele – 36,3 million yevro

"Barselona"ni tark etib, Mbappe bilan birga o‘ynashuchun Dembele Parijga ko‘chib o‘tdi. Albatta Neymar qilgan ishni takrorlashi ham ehtimoldan yiroq emas.

Dembélé continues in free fall: The former Barça, sanctioned for homophobic  chants

Hujum: Xarri Keyn – 25 million yevro

Erling Xoland bilan ajoyib raqobat tashkil etgan hujumchi haligacha Angliya terma jamoasi sardori hisoblanadi.

Harry Kane expresses no regrets in leaving Tottenham for Bayern Munich -  Bavarian Football Works

30 yoshli futbolchi "Bavariya"ning 100 million yevro narx bilan transferlar rekordini o‘rnatdi va bir zumda Bundesliga tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi.

Hujum: Kilian Mbappe – 72 million yevro

Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchisi, Mbappe Yevropaning beshta asosiy ligasidagi boshqa o‘yinchilardan deyarli ikki barobar ko‘p maosh oladi.

A closer look at Kylian Mbappe's record-breaking career at Paris  Saint-Germain

U Saudiya Arabistonidan kelgan mo‘maygina takliflarni rad etdi, sizning fikringizcha, agar u Yevropaning istalgan klubiga ko‘chib o‘tsa, maoshini kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Hatto "Real Madrid" ham bunday maoshni to‘lay olmaydi.

Manba: footballplanet.com
Kiritildi: 06:01, 27.11.2023.
O'qildi: 3341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.