Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Samvel Babayan: «Navbahor»ning OCHLdagi asosiy maqsadi — pley-offga chiqish»

Samvel Babayan: «Navbahor»ning OCHLdagi asosiy maqsadi — pley-offga chiqish»

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi, 5-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Al-Hilol” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan va tajribali yarim himoyachi Azimjon Ahmedov qatnashib, bo‘lajak bahs borasida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Samvel Babayan: — Assalomu alaykum! Ertaga guruhimizda jamoamiz va raqibimiz “Al-Hilol” uchun juda muhim bo‘lgan o‘yin bo‘lib o‘tadi. Ertangi raqibimiz ayni paytda qit’amizning eng kuchli klublaridan biri, juda yaxshi shakllangan, yaxshi ijrochilarga ega va hozirgi paytda  “Al-Hilol”ni Yevropaning eng yaxshi mutaxassislaridan biri boshqarmoqda. Bunday raqibga qarshi esa yigitlar yuqori saviyada, fidokorlik bilan o‘ynashlari kerak. Bundan tashqari, biz ertaga o‘z maydonimizda o‘ynaymiz hamda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari ham jamoamizga ruh va kuch bag‘ishlaydi, degan umiddaman. Shuningdek, futbol mo‘’jizasiga ham umid qilamiz. Jamoamizning OCHLdagi asosiy maqsadi — pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Shunday ekan, bo‘lajak bahsda muxlislarimizga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizga ishga solamiz.

Azimjon Ahmedov: - Assalomu alaykum! Ertangi o‘yin qiziqarli kechishiga shubham yo‘q. Boisi, “Al-Hilol” kuchli jamoa. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilamiz, degan umiddaman.

Fursatdan foydalanib, “Navbahor”ning OCHLdagi shunday muvaffaqiyatli ishtirokiga munosib hissasini qo‘shayotgan, jamoamiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimiga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:24, 27.11.2023.
O'qildi: 3565 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.