Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Otabek Xolmatov Usik va Fyuri o‘rtasida kechadigan boks oqshomida o‘z jangini o‘tkazishi mumkin

Otabek Xolmatov Usik va Fyuri o‘rtasida kechadigan boks oqshomida o‘z jangini o‘tkazishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Yarim yengil vazn toifasida ringga chiqib kelayotgan Otabek Xolmatov navbatdagi jangini kamar uchun o‘tkazishi xabar qilingandi.

Xolmatov vakant qolgan WBA kamari uchun Raymon Ford bilan jang qiladi.

Ushbu jangni tashkil etish huquqi uchun promouterlik savdosi o‘z yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, dunyoga mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi jangni tashkil qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Kompaniya 317 500 dollar evaziga auksionda g‘olib bo‘ldi.

Mazkur savdoda Ford faoliyat olib boradigan Matchroom kompaniyasi 255 555 dollarlik taklif bilan ishtirok etdi. Ammo yakunda Top Rank g‘olib bo‘ldi. Gonorarlar bokschilarga 50/50 ko‘rinishida taqsimlanadi.

Hozirda jangni tashkil etish uchun uchta sana ko‘rib chiqilmoqda: Verona (2 mart), Nyu-York (16 fevral) va Ar-Riyod (17 fevral).

Ma’lumot uchun, 17 fevral kuni Ar-Riyodda o‘tkaziladigan boks oqshomining asosiy to‘qnashuvida Tayson Fyuri va Oleksandr Usik superog‘ir vaznning mutlaq chempionligi uchun jang qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:54, 28.11.2023.
O'qildi: 1240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.