Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Superkompyuter so‘nggi tur natijalari asosida APLning yakuniy jadvalini bashorat qildi

Superkompyuter so‘nggi tur natijalari asosida APLning yakuniy jadvalini bashorat qildi

Baho:
+ | -

Sun’iy ongga asoslangan kompyuter yakuniy APL jadvalini taxmin qildi. Afsuski, u chiqargan xulosalarni hali ham "Manchester Yunayted" uchun normal deya baholash qiyin. Mavsumni omadsiz boshlaganidan keyin, Erik ten Xag tanqidlarga sabab bo‘layotgan edi. Ammo so‘nggi uchta turda "qizil iblislar" g‘alaba qozongan holda, o‘z darvozasidan birorta gol o‘tkazib yubormadi. "Everton" ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabadan keyin, "MYU" oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ayni damda mankunianliklarni kuchli to‘rtlikdan atigi 4 ochko ajratib turibdi.

Superkompyuter hisob-kitoblariga e’tibor beradigan bo‘lsak, Erik ten Xag jamoasini yaxshi mavsum kutmayapti. Xususan, "MYU" mavsumni "Chelsi"dan pastroqda, sakkizinchi o‘rinda yakunlaydi.
Kay Xavers so‘nggi daqiqalardagi goli bilan "Arsenal"ga uch ochko taqdim etgandi. Bu orqali to‘pchilar eng yaqin ta’qibchilari bo‘lgan "Manchester Siti" va "Liverpul"dan o‘zib ketdi. Natijada 30 ochko bilan London klubi yetakchi maqomida turibdi. Superkompyuter qilgan taxmin asosida aytadigan bo‘lsak, bu narsa yetarli bo‘lmaydi. "Arsenal" bu mavsum ham "shaharliklar"ga imkoniyatni boy berib, mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlaydi. Kuchli to‘rtlik "Nyukasl" hamda "Liverpul" bilan to‘ldiriladi. Beshinchi o‘ringa "Aston Villa" joylashadi.

"Tottenxem" bu mavsumni fantastik darajada boshlagan edi. Ammo ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan keyin, superkompyuter "shporlar"ni YECHLga chiqa oladi deb o‘ylamayapti. Bu jamoa uchun maksimum o‘rin bu, mavsum so‘nggida 6 pog‘ona bo‘ladi. Taxminiy jadval oxiriga qaraydigan bo‘lsak, "Everton" doimiy ishi bo‘lgan, APLda qolishning uddasidan chiqishiga guvoh bo‘lamiz. Garchand mersisaydliklardan 10 ochko olib tashlangan bo‘lsa ham, bu klub mavsum oxirida elitada jon saqlab qola oladi.

"Luton Taun"ning shanba kungi g‘alabasi yakunda hech nimani hal qilmaydi. Rob Edvards boshchiligidagi klub "Kristal Pelas"ni o‘z maydonida mag‘lub etib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgandi. Ammo ular baribir Chempionshipga tushib ketadi. Shuningdek, yangi ko‘tarilgan ikki jamoa, "Byornli" va "Sheffild" ham darrov quyi ligaga qaytishi aytilgan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:27, 28.11.2023.
O'qildi: 4035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик