"Barselona" sport direktori Deku Xavi atrofidagi tanqidlarga javob qaytardi.
"Biz bilamizki, jamoa yaxshi o‘ynamayotgan paytda "Barca" atrofida shovqin va mish-mishlar ko‘p bo‘ladi. Lekin biz bunga o‘rganib qolganmiz. Biz bir jamoamiz, Xavi bizning murabbiyimiz biz hech qanday iste’fo haqida muhokama qilmadik. Biz Xaviga ishonganimiz uchun yangi shartnoma imzoladik", - dedi portugaliyalik funksioner.