Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Aleksandr Xomyakov: "Eng asosiysi, muxlislar mehrini qozona oldik, deb o‘ylayman"

Aleksandr Xomyakov: "Eng asosiysi, muxlislar mehrini qozona oldik, deb o‘ylayman"

Baho:
+ | -

"Andijon” – “Buxoro” (1:0) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida andijonliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘ta hissiyotlarga boy o‘yin bo‘lmadi. Doimgidek yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qildik. Yigitlar kurashishdi va g‘alaba qozonishdi. Mavsumni g‘alaba bilan yakunlashni niyat qilgandik va bunga erishdik. Chempionat ham tugadi. Biz bilan birga bo‘lgan barchani tabriklab qolaman. Eng asosiysi, muxlislar mehrini qozona oldik, deb o‘ylayman. Imkon qadar yaxshi harakat qildik va mavsumni yomon tugatmadik, deb hisoblayman. Keyingi mavsumda yanada yaxshi natijalarga erishamiz, deb umid qilaman.

- Jamoamingiz chempionatni 7-o‘rin va turnir jadvalini o‘rtasida yakunladi. Bu natijadan qoniqdingizmi?

- Nima deyishim mumkin? Natijalar va boshqalarni hisobga olib, umumiy xulosani rahbariyat beradi. Men esa murabbiy sifatida albatta doim eng yaxshisini xohlayman. To‘g‘risi, qayerdadir yanada yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Bizga bahoni rahbariyat beradi. Kuchli to‘rttalikka kirganimizda yanada maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shu o‘rinda rahbariyatga ham alohida rahmat aytishim kerak. Menga ishonch bildirgan viloyat rahbariyatiga tashakkur. O‘rni kelganida Ulug‘bek Abdusattorovichni ham unutmaslik kerak. Bularning barchasiga menga ishonch bildirishganligi uchun minnatdorchilik izhor qilaman. O‘ylaymanki, ular kutgan natijani bera olganimizdan mamnunmiz.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:07, 01.12.2023.
O'qildi: 1493 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.