Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Bornmut 0-1 Chelsi
15/09 00:00 Real Sosyedad 0-2 Real Madrid
15/09 15:00 Yangi Zelandiya 1-3 Liviya
15/09 15:30 Jenoa 1-1 Roma
15/09 17:00 Selta 3-1 Valyadolid
15/09 17:30 Argentina 7-1 Ukraina
15/09 17:30 Ispaniya 1-1 Qozog‘iston
15/09 18:00 Tottenhem - Arsenal
15/09 18:00 Atalanta 3-2 Fiorentina
15/09 18:00 Torino 0-0 Lechche
15/09 19:15 Jirona 1-4 Barselona
15/09 19:30 Andijon 1-2 Lokomotiv
15/09 20:00 Afg‘oniston 6-4 Angola
15/09 20:30 Vulverhempton - Nyukasl
15/09 21:00 Kalyari 0-4 Napoli
15/09 21:30 Las-Palmas 2-3 Atletik Bilbao
15/09 23:45 Monsa 1-1 Inter
16/09 00:00 Atletiko 3-0 Valensiya
16/09 17:00 Olimpik 1-1 Metallurg
16/09 17:30 Portugaliya 10-1 Panama
16/09 17:30 Eron 7-1 Venesuela
16/09 19:30 OKMK 1-0 Surxon
16/09 20:00 Tojikiston 2-4 Marokash
16/09 20:00 Gvatemala 3-5 Fransiya
16/09 21:30 Parma - Udineze
16/09 23:45 Lasio - Verona
17/09 00:00 Rayo Valyekano - Osasuna
17/09 22:00 Malyorka - Real Sosyedad

Cho‘l chaqiruvi: qishda uyini Saudiya Arabistoniga ko‘chirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar

Cho‘l chaqiruvi: qishda uyini Saudiya Arabistoniga ko‘chirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni yozgi transfer oynasining asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Krishtianu Ronaldudan so‘ng saudiyaliklar Karim Benzema, Sadio Mane, Jordan Xenderson, Neymar va boshqa ko‘plab mashhur futbolchilarni o‘ziga tortdi. Bu, ehtimol, faqat boshlanishi edi. Saudiya klublari faol transfer siyosatini davom ettirish niyatida va ularda tarkiblarni kuchaytirish uchun yangi nomzodlar bor. Keling, yanvar oyida Saudiya Arabistoniga qaysi futbolchilar jo‘nab ketishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Risharlison (“Tottenxem”)

Saudiya Arabistoni klublari Risharlison xizmatlariga faol qiziqish bildirmoqda. Mahalliy klublar futbolchini yozda sotib olmoqchi edi, ammo o‘shanda "Tottenxem" uni qo‘yib yubormadi. Yanvar oyida vaziyat o‘zgarishi mumkin. Bir tomondan, ko‘p sonli jarohatlar tufayli "shporlar" futbolchilarini tashlab yuborishlari ham ma’qul emas. Boshqa tomondan, jamoa braziliyaliksiz hujumni uddalay oladi. Mavsum davomida 26 yoshli hujumchi Premyer-liganing 10 ta uchrashuvida atigi 1 ta gol urib, ko‘plab imkoniyatlarni boy berdi. Hammasi "Tottenxem"ga bog‘liq bo‘ladi. Agar "shporlar" jamoasini kuchaytirish uchun qishda bozorga chiqsa, o‘yinchilarni sotishga to‘g‘ri keladi. Albatta, bu ro‘yxatda Risharlison bo‘ladi.

“Chicharito”

Rasmiy ravishda, Chicharitoning "Gelaksi" bilan shartnomasi yil oxirigacha amal qiladi. Ammo meksikalik allaqachon yangi klub izlashi mumkin, darvoqe, aynan shu bilan shug‘ullanmoqda. Yaqinda bergan intervyusida 35 yoshli hujumchi turli variantlarni, jumladan Saudiya Arabistonida ham ko‘rib chiqayotganini aytdi. Saudiyaliklarda tajribali forvard olish uchun yaxshi imkoniyat bor. Chicharito faoliyatini yakunlash arafasida. U ko‘plab shahar va mamlakatlarda o‘ynagan, shuning uchun Saudiya Arabistoni bilan yakunlash uchun yaxshi variant bo‘lishi mumkin.

Serxi Roberto (“Barselona”)

Mavsum boshlanganidan bir necha oy o‘tgach, Ispaniyada Robertoning "Barselona"dagi noaniq kelajagi haqida yozishni boshladilar. Futbolchi joriy mavsum oxirida Kataloniya klubini tark etishi taxmin qilinmoqda, biroq tomonlar yanvarda yo‘llarini ajratishi mumkin. "Blaugrana" hali ham o‘z tarkibini kuchaytirish uchun futbolchilarni sotishi kerak. Roberto ketish uchun asosiy da’vogarlardan biri sanaladi. Ispaniyalik futbolchi jarohatlar bilan qiynalmoqda, garchi u sog‘lom bo‘lsa ham har doim ham o‘ynay olmaydi. U bilan MLS va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.

Luka Modrich ("Real Madrid")

Modrichning kelajagi allaqachon noaniq. 38 yoshli yarim himoyachining "Real" bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Xorvatiyalik futbolchi "qirollik klubi"da kamroq o‘yin o‘tkazmoqda, shuning uchun uning kelajagi haqidagi savol dolzarb bo‘lib qolmoqda. Agent o‘tgan yozda futbolchiga Saudiya Arabistonidan takliflar bo‘lganini aytdi. Mahalliy "Al-Ittihod" va "Al-Ahli" hamon uni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Saudiya klublari yanvar oyidayoq Modrich bilan shartnoma imzolamoqchi va bu uning Ispaniya poytaxtidagi mavqeini hisobga olgan holda ishlashi mumkin.

Antoni Marsyal ("Manchester Yunayted")

Yozda Marsyal Saudiya klubidan foydali taklif oldi. Fransiyalik futbolchi bu taklifni rad etdi va "Manchester Yunayted"da qolishga qaror qildi. Ehtimol, behuda. Joriy mavsumda 27 yoshli hujumchi har bir uchrashuvda o‘rtacha 29 daqiqadan maydonda harakat qildi. Hozirgi mavsum bu borada uning faoliyatidagi eng yomonlaridan biridir. Forvard jamoaga katta foyda keltirmadi. Shu kungacha uning Premyer-ligada atigi 1 ta goli bor. Agar Saudiya Arabistonidan qiziqishlar davom etsa, "Manchester Yunayted" futbolchini yanvar oyida sotishi mumkin. Uning shartnomasi mavsum oxirigacha amal qilishini hisobga olsak, bu kelishuv "mankunianliklar" uchun foydali bo‘ladi.

Kazemiro ("Manchester Yunayted")

"Manchester Yunayted" bilan ikkinchi mavsum Kazemiro uchun birinchisiga qaraganda yomonroq o‘tmoqda. Ilgari braziliyalik "mankunianliklar"ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri deb atalgan bo‘lsa, endi u eng yomonlaridan biri sanaladi. Britaniya matbuoti Kazemiro Premyer-ligadagi boshqa yarim himoyachilarga qaraganda ko‘proq dribling qurboni bo‘layotgani haqidagi xabarlarni yozishmoqda. 31 yoshli yarim himoyachining ahvoli yaxshi emas. Mish-mishlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" futbolchini sotishga tayyor, Saudiya Arabistoni klubi esa uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Kazemiro "Old Trafford"dagi o‘rnidan norozi. Demak, tomonlar yanvar oyida ajralishlari mumkin.

Tomas Parti ("Arsenal")

Partining "Arsenal"dagi kelajagi tobora noaniq bo‘lib bormoqda. Yozda Saudiya klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rdi, biroq taklif "kanonirlar"ga ma’qul kelmadi. Yanvar oyidagi so‘nggi yangiliklarga ko‘ra, "to‘pchilar" u bilan ko‘proq gaplashishga urindi. Klub futbolchining tez-tez jarohat olishidan norozi. Umuman olganda, poytaxtliklar endi Parti bilan avvalgidek hisoblashmaydi. "Arsenal" yanvar oyida Tomasni sotishga tayyor bo‘ladi. Katta ehtimol bilan 30 yoshli yarim himoyachi Saudiya Arabistoniga ikkinchi urinishda yo‘l oladi. Qishda "kanonirlar" o‘z narxida unchalik qattiq turib olishmaydi.

Jeydon Sancho ("Manchester Yunayted")

Transfer oynasi ochilish arafasida Sanchoga shunchalik da’vogarlar ko‘p bo‘ladi. Futbolchi oktyabr oyidan beri maydonga tushmaganini hisobga olsak, bu ajablanarli emas. Joriy mavsumda u Premyer-ligada atigi 3 ta o‘yin o‘tkazdi. Angliyalik murabbiy bilan mojaro tufayli jamoadan chetlatilganligicha hali vaziyat o‘zgarmadi. Vaziyat yaxshilanishi kutilmayapti. 23 yoshli vinger o‘yin tajribasiga ega bo‘lish uchun yanvar oyida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, Saudiya ligasi Sanchoni yanvar oyidagi asosiy transfer maqsadi deb hisoblamoqda. Saudiyaliklar inglizni o‘z klublaridan birida ko‘rishni juda xohlashadi. U allaqachon ulardan biridan foydali taklifga ega. Lekin Yevropada ham Jeydonga qiziqish bor. Futbolchi qanday qarorga kelishini vaqt ko‘rsatadi.

Kiritildi: 21:32, 04.12.2023.
O'qildi: 1895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.