Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Zoir Jo‘raboyev: "Kelgusi mavsumda bundan yaxshi natijaga erishishimizga ishonaman"

Zoir Jo‘raboyev: "Kelgusi mavsumda bundan yaxshi natijaga erishishimizga ishonaman"

Baho:
+ | -

Yaqinda "Neftchi" bilan shartnomasini uzaytirgan tajribali ximoyachi Zoir Jo‘raboyev bilan mavsum yakunlari bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-Zoirjon avvalo jamoamiz bilan shartnoma imzolaganligingiz bilan  tabriklaymiz. Yangi  shartnomani tuzishda ko‘proq nimalar turtki bo‘ldi?

-Tabrik uchun rahmat. Shartnomamni uzaytirishimga asosiy sabablardan biri, avvalambor jamoadagi  murabbiylar shtabi, futbolchilar va xodimlar bilan juda ham yaxshi munosabatdaligim. Shuningdek , Farg‘ona shahriga ko‘nikib qolganligim sabab bo‘la oladi. Bundan tashqari klub yangi mavsumda o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘ymoqda. Bu albatta keyingi yilda jamoada qolishimga turtki bo‘ldi.

-Aytingchi, "Neftchi" uchun mavsum qanday o‘tdi?

-YAxshi o‘tdi deb o‘ylayman,lekin, bundan ham yaxshi o‘tishi  mumkin edi.Birinchi davradan so‘ng chempionlik uchun kurashmoqchi ham bo‘ldik, biroq ayrim xatolar bunga yo‘l bermadi.Ammo so‘nggi o‘yinlardagi g‘alabalar mavsumni yaxshi kayfiyatda tugatishimizga sabab bo‘ldi deb o‘ylayman.

-Superliga musobaqasida jamoamiz eng kam gol o‘tkazgan klublardan biri hisoblanadi. Bu holatga qanday qaraysiz?

-Bu albatta yoqimli holat, ayniqsa himoyachilar uchun. Lekin bilasizmi biz ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi bo‘lmoqchi edik.  Xudo xohlasa yangi mavsumda ushbu ko‘rsatkichni yaxshilashga harakat qilamiz.

-Jamoamiz safida debyut mavsum o‘tkazdingiz, shunga qaramay jamoamiz safidagi barqaror o‘yin o‘tkazgan va maydonda eng ko‘p harakat qilgan futbolchilardan biri bo‘ldingiz?  O‘zingizdan shunday debyut kutganmidingiz?

-Jamoaga yangi kelganimda tarkibdagi raqobatni ko‘rdim, himoyada tajribali ijrochilar yig‘ilgan. O‘zimda ham ishonch bor edi.To‘g‘risini aytsam, o‘zim kutganimdan ko‘proq mavsumni o‘tkazdim.

-Mavsum davomidagi eng esda qolarli uchrashuvlar haqida gapirib bersangiz?

-Eng esda qolarli uchrashuvlar albatta amaldagi O‘zbekiston chempioni "Paxtakor" jamoasini ham uyda ham safarda mag‘lub qila olganimizdir. Shuningdek, "Nasaf" va "Navbahor" jamoalariga qarshi uchrashuvlar ham ancha qiziqarli kechdi.

-Tojikiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibdagi eng o‘zgartirib bo‘lmas futbolchisiga aylandingiz. Nima deb o‘ylaysiz, terma jamoangiz bu yil jahon chempionatining saralash o‘yinlarini qanday o‘tkazmoqda?

-Terma jamoada juda yaxshi tarkib yig‘ilgan va biz o‘zimizga ishonamiz, guruhimizda raqiblarimizdan  Saudiya Arabistoni, Iordaniya kabi kuchli termalar yig‘ilgan bo‘lishiga qaramay, keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilib qo‘yganmiz.

-Bu yilgi muxlislik haqida gapirsangiz va muxlislarimizga tilaklaringizni bildirsangiz?

-"Neftchi" jamoasi muxlislari mavsum davomida bizni uyda ham safarda ham doimiy ravishda qizg‘in qo‘llab-quvvatlab turishdi. Umuman olganda yaxshi mavsum o‘tkazdik va ushbu ko‘rsatchkichlarni qayd etishimizga ularning hissasi juda katta. Kelgusi yilda muxlislar bilan bundan ham yaxshi natijalarga erishishimizga ishonaman!

Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати
Kiritildi: 17:59, 05.12.2023.
O'qildi: 1663 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.