Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

"Manchester Siti" Kroosni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Manchester Siti" Kroosni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos jamoani tark etishi mumkin.

Todofichajes nashri xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchini "Manchester Siti" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Qayd etilishicha, ingliz klubi Kroosga mavsum uchun 15 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Futbolchi "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiolaga "Bavariya"da birga ishlagan vaqtlaridanoq tanish.

Eslatib o‘tamiz, Kroos 2014 yilning iyulidan beri "Real"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda futbolchi Madrid klubi safida barcha rasmiy turnirlarda 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ayni damda Ispaniya La Ligasining 15-turidan so‘ng “Real” 38 ochko jamg‘arib, chempionatda peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 10:41, 06.12.2023.
O'qildi: 2373 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик