Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/05 19:00 Surxon 1-0 So‘g‘diyona
31/05 19:30 OKMK 1-0 Metallurg
02/06 00:00 Borussiya D - Real Madrid
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

Ayni vaqtda "Manchester Yunayted"ning sobiq 5 nafar futbolchisi erkin agent!

Ayni vaqtda "Manchester Yunayted"ning sobiq 5 nafar futbolchisi erkin agent!

Baho:
+ | -

Bir vaqtlar "Manchester Yunayted" safida o‘zini ko‘rsatgan va jamoasiga foydasi birmuncha teggan bir qancha futbolchilar bilamiz. Shulardan bir nechtasi faoliyatini yakunlagan, ba’zilari boshqa klublarda o‘ynashda davom etmoqda.

Ayni vaqtda boshqa klublarda o‘ynayotganlardan Eshli Yang va Xuan Mata kabi futbolchilar hali ham faol.

Biz esa hozirga kelib erkin agentga aylangan sobiq "Manchester Yunayted" futbolchilari haqida so‘z yuritamiz.

David De Xea

O‘tgan mavsumda yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolari va Erik Ten Xagning o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmagani sabab ispaniyalik darvozabon klub bilan shartnomani uzaytirmadi hamda hozirda erkin agentga aylangan. Murabbiy jamoaga oyoqda yaxshi o‘ynaydigan darvozabonni xush ko‘rganligi sabab De Xea jamoa klub bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi.

David de Gea eyes buying Spanish second division side Eldense - AS USA

Eng ajablanarlisi, ispaniyalik futbolchi keyingi olti oy davomida boshqa klub topa olmadi. De Xea bir qancha xatolariga qaramay, qobiliyatli darvozabon bo‘lib qolmoqda va o‘tgan mavsumda Premer-ligada 18 ta o‘yinda darvoza dahlsizligini saqlab qolgan.

David de Gea 'open' to stunning Newcastle transfer after turning down  'plenty of offers' following Man Utd release | The Sun

Mish-mishlarga ko‘ra, «Nyukasl» Nik Pope jarohatidan so‘ng uni qisqa muddatli shartnomaga imzolashdan manfaatdor. Klub De Xea variantini ko‘rib chiqmoqda. Ispaniyalik uchun ham bu yaxshigina imkoniyat.

Jessi Lingard

Bir vaqtlar Lingard "Manchester Yunayted"ning kelajagi deya qaralar edi. Ammo unga stabillik yetmadi va darajasini ancha yo‘qotdi. MYUdan ketganidan so‘ng "Vest Xem"da o‘zining avvalgi darajasini qaytarishga uringandek bo‘ldi, ammo unga yana barqarorlik yetishmadi. Shundan so‘ng u "Nottingem Forest"da o‘zini sinab ko‘rdi.

Jesse Lingard doesn't want to leave Manchester United

Lekin u yerda ham o‘zini ko‘rsata olmadi. Ayni damda mankunianliklarga tegishli bo‘lgan futbolchiga Saudiyaning "Al Ittifoq" klubi jiddiy qiziqmoqda. Jamoa murabbiyi Stiven Jerrard Jessini jamoaga olib kelmoqchi.

Jesse Lingard won't join Saudi club because his 'wage demands are too big'  - Daily Star

Ammo 30 yoshli Lingard arab klubi bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘lmadi hamda ayni damda erkin agent sifatida ishsiz qolmoqda.

Fil Jons

Yana bir futbolchi memga aylangan futbolchi Fil Jons o‘tgan yozda "Old Trafford"dagi 12 yillik jarohatidan so‘ng «Yunayted»ni tark etdi.

Phil Jones 'cannot play for Man Utd despite injury crisis after defender  suffered serious distress in latest setback' | The Sun

Sobiq angliyalik himoyachi o‘zinni murabbiylikda sinab ko‘rmoqchi va bu mavsumda bir necha bor «Yunayted»ning Karrington mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.

Ammo futbolchi hali ham faoliyatini yakunlamadi va klublarda taklif kutmoqda. U ayni damda erkin agent.

Marvuan Fellayni

U 2010 yillarning o‘rtalarida «Yunayted»ga taklif etilgan futbolchiga ko‘pchilik past baho bergan.

How Fellaini won over Mourinho & the Old Trafford boo-boys | Goal.com  English Saudi Arabia

Belgiya termasi sobiq futbolchisi so‘nggi besh yilning ko‘p qismini Xitoyda o‘tkazdi va liganing "Shandong Taishan" safida faoliyat olib bordi. U yerda yarim himoyachi bir qancha gollar urishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Fellayni 2023 yilgi mavsum oxirida Taishanni tark etdi va klub tarafdorlari bilan hayrlashdi.

Marouane Fellaini marque encore en Chine, et peut rêver de partir sur un  titre - Tout le foot | Walfoot.be

"Men ham Xitoy va uning ajoyib madaniyatini kashf etganimdan juda xursandman va faxrlanaman", - dedi Fellayni.

Fellayni ayni damga kelib erkin agentga aylangan hamda uning keyingi faoliyati qayerda davom etadi bu so‘roq ositda.

Xavyer Ernander (Chicharito)

Ser Aleks Fergyuson murabbiyligining so‘nggi kunlarida jamoaga taklif qilingan Ernandes faoliyatini "Los-Anjeles Gelaksi" klubida davom ettirdi. AQSH klubidagi bir qancha sermahsul mavsumlardan so‘ng u erkin agentga aylandi.

Javier Hernandez: Chicharito Has Earned Expanded Role with Manchester  United | News, Scores, Highlights, Stats, and Rumors | Bleacher Report

"Old Trafford"dagi besh yil davomida Premyer-ligadagi bir qancha o‘yinlarda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi. "Manchester Yunayted" safida umumiy 103 ta o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol urishga erishgan.

Manba: Planetfootbal.com
Kiritildi: 21:20, 06.12.2023.
O'qildi: 5648 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.