Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Liverpul» 2015 yilda Premyer-ligada «Etihad»da "Man Siti"ni mag‘lub etgan tarkibi. Ular hozir qayerda?

«Liverpul» 2015 yilda Premyer-ligada «Etihad»da "Man Siti"ni mag‘lub etgan tarkibi. Ular hozir qayerda?

Baho:
+ | -

«Liverpul» ko‘p yillar davomida "Manchester Siti" bilan qattiq raqobatga kirishdi, ammo ishonish qiyin 2015 yildan beri Premyer-ligada «Etihad»da g‘alaba qozona olmayapti.

«Qizillar» so‘nggi paytlarda Premer-ligada «Siti»ga qarshi esda qolarli lahzalarni boshdan kechirgan bo‘lsada, «Etihad» Yurgen Klopp uchun biroz qiyin stadiom ekanligini isbotladi. Garchi o‘shandan keyin «qizillar» Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishgan bo‘lsada.

Kloppning «Etihad»dagi Premyer-liga doirasida yagona g‘alabasi 2015 yilning noyabr oyida «Siti»ni maydonida 4:1 hisobida mag‘lub etgandi. Biz bugun «Liverpul»ning o‘sha vaqtdagi boshlang‘ich tarkibi hozir qayerda faoliyat olib borayotganiga e’tibor qaratamiz.

Darvozabon: Simon Minyolye

Belgiyalik darvozabon «Liverpul» libosida bir qancha qiyin mavsumlarni boshdan kechirdi, ammo u klub safida 200 dan ortiq o‘yinda maydonga tushdi.

Simon Mignolet warns Liverpool only their best will do against resurgent  Everton - Eurosport

2019 yilda «Liverpul»ni tark etgandan so‘ng, Minyolye Belgiyaga qaytib, «Bryugge» klubida o‘ynadi va u hozirgacha ushbu jamoa sharafini himoya qilmoqda. 35 yoshli futbolchi Belgiya klubi bilan shartnoma imzolaganidan beri 4 ta sovrin, jumladan, 3 marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

O‘ng qanot himoya: Nataniyel Klayn

«Liverpul»dagi karerasiga putur yetkazgan jiddiy jarohatlar oldidan Klayn «qizillar» safidagi barqaror o‘yinchi edi. Angliyalik qanot himoyachisi 2015-16 yilgi mavsumda «Liverpul»dagi eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazdi, chunki u o‘sha vaqtda "Kristal Pelas"dan transfer qilingandi.

Nathaniel Clyne - Crystal Palace | Player Profile | Sky Sports Football

Jarohatlar va Trent Alexander-Arnoldning ko‘tarilishi tufayli Klayn oxir-oqibat o‘zining boshlang‘ich tarkibdagi joyini yo‘qotdi va 2020 yilda klubni tark etdi. Bugungi kunda avval o‘ynagan "Kristal Pelas"ga qaytadi.

Chap qanot himoya: Alberto Moreno

Ispaniyalik himoyachi besh yilini «Enfild»da o‘tkazdi, ammo Klopp qo‘l ostida u tezda asosiy tarkibdan ajralib qoldi. U 2019 yilda «Vilyarreal» tarkibiga qo‘shilganidan keyin biroz barqarorlikni topdi va hozirda u klub safida 100 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Alberto Moreno hits back at Liverpool criticism: I'll never understand the  blame I received | Squawka

Moreno 2016 yilda Yevropa Ligasi finalida mag‘lub bo‘lgan «Liverpul» jamoasining bir qismi edi, biroq baxtiga bir necha yil o‘tib «Vilyarreal» bilan kubokni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Markaziy himoya: Martin Shkrtel

Bir vaqtlar Premyer-liganing eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgan Shkrtel «Liverpul» bilan to‘qqiz mavsumni o‘tkazdi va bu yo‘lda ko‘plab unutilmas lahzalarni boshdan kechirdi.

Latest Martin Skrtel news and reports from This Is Anfield

2016 yilda klubni tark etgandan so‘ng, himoyachi 2022 yilda professional faoliyatini tugatguniga qadar Turkiya, Italiya va Slovakiyada qisqa vaqt o‘tkazdi. Siz uni Slovakiyaning sakkizinchi ligasida o‘ynaydigan "FK Xayskala Raztosno" tarkibida havaskor futbol o‘ynaganini hali ham ko‘rishingiz mumkin.

Prestupová bomba je potvrdená: Martin Škrtel bude hrávať v slovenskej lige!  | Nový Čas

"Men aslida 10-raqamda o‘ynayman. Men hujumchi sifatida bir necha o‘yin o‘tkazdim va bir nechta gol urdim. Asosan o‘zim xohlagan joyga yuguraman. Bepul rol - biroz Lionel Messining roliga o‘xshaydi!", - dedi Skrtel The Athletis nashriga.

Markaziy himoya: Deyan Lovren

Xorvatiyalik himoyachi bir vaqtlar o‘zini "dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri" deb atagan, bu gapga ko‘pchilik qo‘shilmas edi. U Premyer-liga va Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, garchi u bu sovrinlarda o‘zining oz bo‘lsada hissasini qo‘shgan.

Dejan Lovren - Croatia | Player Profile | Sky Sports Football

Shu yilning yanvar oyida Lovren Fransiyaga qaytib, ikkinchi marta «Lion» safiga qo‘shildi. «Lion» hozirda eng yomon vaqtlarni o‘tkazyapti, ular Liga 1ning eng quyi pog‘onasida joylashgan.

Yarim himoya: Jeyms Milner

Ko‘pchilik muxlislar va mutaxassislar tomonidan Premyer-liga afsonasi. Milner bu yozda «Liverpul»dagi faoliyatini tugatdi, ayni damda 31 yoshda va u «Brayton» safida faoliyatini davom ettirmoqda.

Liverpool FC: James Milner savouring success and eyeing more | The  Independent

Milner hozirda Premyer-liga eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi, undan oldinda faqat Rayan Giggz va Garet Barri. U nafaqaga chiqqunga qadar, ushbu mashhur ro‘yxatning birinchi o‘rnida qayd etilishi mumkin.

Yarim himoya: Lukas Leyva

«Liverpul» muxlislari hech qachon Lukasni unutmaydi. Braziliyalik yarim himoyachi tezda «Enfild»da ramziy qahramonga aylandi, chunki u Premyer-ligada 10 yil o‘ynadi.

Lucas Leiva linked with "ambitious" move to Premier League new boys  Brighton - Liverpool FC - This Is Anfield

U Braziliyada professional sifatidagi so‘nggi kunlarini «Gremio» bilan o‘tkazdi va shu yil boshida yuragi bilan bog‘liq muammo aniqlanganidan keyin nafaqaga chiqishga majbur bo‘ldi.

Grêmio marca coletiva para falar sobre futuro de Lucas Leiva

"2007 yilda men 10 yil davomida hayotimning bir qismi bo‘lgan gigant klub «Liverpul»ga o‘tdim. G‘urur bilan aytishim mumkinki, bugun «Liverpul» mening uyim. Men oilam bilan birga ingliz fuqarosi ekanligimdan faxrlanaman" , - dedi Lukas.

Yarim himoya: Emre Jan

Nemis yarim himoyachisi, ehtimol, «Liverpul»ni tark etganidan afsuslansa kerak, chunki u ketganidan keyin besh yil ichida «qizillar» yettita sovrin yutib oldi.

Emre Can return date confirmed with midfielder set to complete Liverpool  pre-season squad - Liverpool FC - This Is Anfield

«Yuventus»dagi ajoyib mavsumlardan so‘ng, Jan 2020 yilda Dortmundning «Borussiya»siga qo‘shildi va bugungi kunda ham Germaniya terma jamoasida o‘ynamoqda.

Hujumkor yarim himoya: Adam Lallana (Kolo Ture 90ʼ)

Agar jarohatlar bo‘lmaganida, Lallana «Enfild»da ajoyib martabaga ega bo‘lishi mumkin edi. U hali ham «Liverpul» libosida ko‘plab yuqori marralarni qo‘lga kiritdi va u bugungi kunda 35 yoshli futbolchi «Brayton» safida faoliyat olib bormoqda.

Jurgen Klopp resigned to losing Adam Lallana next summer but wants to avoid  free transfer

Ture "Man Siti"ga qarshi kechgan o‘yinda Lallananing o‘rniga 90-daqiqada maydonga tushdi. Kot-d'Ivuar himoyachisi 2017 yilda faoliyatini yakunlashini e’lon qilishdan oldin «Seltik»da qisqa muddat ishlagan.

Liverpool to release Kolo Toure today - Liverpool Echo

Hujumkor yarim himoya: Filippe Koutinyo (Jordon Ibe, ʼ68)

«Liverpul»dagi faoliyati vaqtida Koutinyoni tomosha qilish mutlaqo maroqli edi. «Enfild»ni tark etganidan so‘ng, «Barselona» bilan shartnoma imzoladi. Bu qaror qanchalik xato ekanligini eslatib o‘tishning hojati yo‘q.

Philippe Coutinho Has Reportedly Played Last Liverpool Game Amid Barca  Rumours | News, Scores, Highlights, Stats, and Rumors | Bleacher Report

Shundan so‘ng, bir muddat «Bavariya» hamda "Aston Villa"da faoliyat olib bordi. Mazkur klublarda unga stabillik uncha yetmadi.

Philippe Coutinho estreia com golaço de falta pelo Al-Duhail

Yozgi transferlar oynasida Felipe Qatarning "Al Duxayl" klubiga o‘tdi.

Xuddi shunday, Ibe «Liverpul»ni tark etganidan keyin bir qancha qiyinchiliklarini boshdan kechirdi. 27 yoshli futbolchi ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqida ochiq gapirdi va bir muncha vaqt o‘yindan tashqarida o‘tkazdi.

Jordon Ibe chooses to represent England over Nigeria - ESPN

O‘tgan oyda vinger nihoyat futbolga qaytdi va Milliy Liga jamoasi "Ebbsfleet Yunayted" bilan shartnoma imzoladi.

Hujum: Roberto Firmino (Kristian Benteke 77ʼ)

Braziliyalik forvard «Liverpul» safidagi ilk golini "Man Siti"ga qarshi o‘yinda (4:1) kiritdi. Klopp qo‘l ostida Firmino tezda hal qiluvchi o‘yinchiga aylandi, chunki u klubdagi sakkiz yillik faoliyati davomida taklif qilingan deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Roberto Firmino to leave Liverpool at end of the season

32 yoshli futbolchi yozda emosional tarzda ketganidan so‘ng Saudiya Arabistoni Pro-ligasi vakili «Al-Ahli» klubiga bepul transfer orqali qo‘shildi va endi Riyod Mahrez va Allan Sen-Maksimin kabi futbolchilar bilan birga o‘ynamoqda.

Roberto Firmino hat-trick in debut for Al-Ahli kicks Saudi Pro League  season off in style | Arab News

Benteke hech qachon «Enfild»da Firmino kabi qadr topmagan, chunki 32,5 million funt sterlingga imzo chekkan shov-shuvlarga javob berish uchun kurashgan.

Liverpool transfer news: Anfield demand £30m for Crystal Palace target Christian  Benteke | The Independent | The Independent

Garchi u so‘nggi paytlarda o‘zining golli o‘yinlarini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsada, hozirda MLSda "DS Yunayted"da o‘ynamoqda.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 07:20, 07.12.2023.
O'qildi: 4205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.