Qatarda og‘ir atletika bo‘yicha Gran-pri musobaqasi davom etmoqda. Bugun erkaklar o‘rtasidagi -73 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini jahon chempioni Doston Yoqubov himoya qiladi. Hamyurtimizning ishtiroki Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.