Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Mirzohid G‘ofurov: «Bu yilgi natijalarga erishishimizga ham asosiy sabablardan biri ahil jamoa tuzilganligi deb hisoblayman»

Mirzohid G‘ofurov: «Bu yilgi natijalarga erishishimizga ham asosiy sabablardan biri ahil jamoa tuzilganligi deb hisoblayman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Neftchi"ning tajribali ximoyachisi Mirzoxid G‘ofurov mavsum yakulari bo‘yicha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

-YAkunlangan mavsum haqida fikrlaringiz?

- Yakunlangan mavsum eng esda qolarli mavsumlardan biri bo‘ldi. Ochig‘ini aytsam, mavsum davomida "Neftchi" jamoasi medallar uchun kurashda haqli o‘yin ko‘rsatdi, lekin yakunda esa beshinchi o‘rin bilan tugatdik. Xudo xohlasa yangi mavsumda ushbu ko‘rsatkichni yaxshilashga urinib ko‘ramiz.

-O‘z o‘yiningizdan qoniqdingizmi ?

-Futbolchini o‘yiniga ko‘proq murabbiy baho beradi. Murabbiylarning ko‘rsatmalariga aniq amal qildim shekilli, mavsum davomida har uchrashuvga boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirishdi. O‘zimga kelsak, mavsum davomidagi o‘yinlarimdan qoniqdim,ammo muxlislar qanday fikrda ekanliklarini ham bilish kerak?(kuladi).

-"Neftchi" faoliyatingizda muhim o‘rin tutgan jamoalardan hisoblanadi. Klubdagi o‘yinlaringiz orqali yangi darajaga ko‘tarildingiz?

-Albatta "Neftchi"da ahil jamoa tuzilgan. Tartib-intizom bor joyda albatta futbol rivojlanadi.

Bundan tashqari jamoada futbolchilar, murabbiylar va klubning barcha xodimlari bir-birlari bilan juda yaxshi munosabatda. Bu yilgi natijalarga erishishimizga ham asosiy sabablardan biri ahil jamoa tuzilganligi deb hisoblayman.

-Jamoamiz safida bu yildagi eng sermahsul futbolchi va 26 uchrashuvda doimiy xarakat qilgan futbolchi bo‘ldingiz. Buning asosiy sabablarini aytib bersangiz?

-Bu xaqida boya gapirib o‘tdim. Vitaliy Grigoryevich ko‘rsatmalarini maydonda to‘g‘ri bajarishga harakat qildim. Sermahsullik bo‘yicha gapiradigan bo‘lsam, maydonda uch ochko olish uchun gol uruvchi futbolchining familiyasi ikkinchi darajali, deb hisoblayman. Asosiysi, shu gollar va uzatmalar jamoamiz foydasiga ishlashi kerak.

-Mavsum davomidagi eng yaxshi va eng alamli o‘yin haqida fikrlaringiz?

-Alamli tomoni, jamoamiz 20 ta bahs davomida mag‘lubiyatga uchramadi, 21-turga kelib esa "Nasaf" klubiga qarshi bellashuvda raqib bilan tengma-teng o‘ynagan holda mag‘lubiyatga uchraganimiz bo‘ldi.

Mavsumni mag‘lubiyatsiz seriyalar bilan yakunlamoqchi edik. Afsuski, o‘xshamadi. Shunday bo‘lsada musobaqa jadvaliga nazar tashlasak, eng kam mag‘lub bo‘lgan jamoa "Neftchi" hisoblanadi. Eng yoqimli o‘yinlarga kelsak, musobaqadagi har bir g‘alaba qozongan o‘yinimiz men uchun eng yaxshilaridan bo‘ldi va albatta amaldagi chempion "Paxtakor" jamoasini uyda ham , safarda ham mug‘lub etganimiz bu albatta yoqimli.

-Kelasi mavsumda muxlislarmiz jamoamizdan bu yilgi natijadan ham yaxshi natija kutishadi. Bu sizga bosim o‘tkazmaydimi?

-Yo‘q, xammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi. Yangi mavsum intrigalarga boy bo‘ladi va muxlislarimiz bizni qo‘llab- quvvatlab turishsa oldimizga qo‘yilgan vazifalarni albatta bajaramiz.

Kiritildi: 15:55, 07.12.2023.
O'qildi: 1119 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.