Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

«PSJ» yarim himoyachisi uchun bu yil tugadi

«PSJ» yarim himoyachisi uchun bu yil tugadi

Baho:
+ | -

«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruis yelkasidagi operasiyadan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Jurnalist Fabris Xokinsning so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining o‘ng yelkasi chiqib ketgan, ammo singan emas. Shu bois futbolchi operasiya qilinmagan.

Qayd etilishicha, Ruis jarohatidan yana bir necha hafta forig‘ bo‘ladi. Demak, yarim himoyachi 2023 yilning qolgan haftalarida aniq maydonga tusha olmaydi.

27 yoshli Fabian joriy mavsum Fransiya chempionatida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchi 2022 yilning yozida «Napoli»dan transfer qilinganidan so‘ng ikkinchi mavsumini Parijda o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 20:49, 09.12.2023.
O'qildi: 1102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик