Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

"Manchester Yunayted"ning Ten Xag murabbiyligi davridagi to‘purarlari

"Manchester Yunayted"ning Ten Xag murabbiyligi davridagi to‘purarlari

Baho:
+ | -
Bo'lim:

2022 yil yozida “Manchester Yunayted”ga kelganidan beri Erik ten Xag qo‘l ostida 21 nafar o‘yinchi raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi, ular orasida yetakchilar qatorida kimlar borligi qiziq.

Niderlandiyalik murabbiylik o‘zining debyut mavsumida bir tomondan yomon natija qayd etmadi, chunki «Yunayted» «Karabao» kubogini qo‘lga kiritdi va kuchli to‘rtlikdan joy oldi. U o‘zining ikkinchi mavsumida ba’zi muammolarga duch keldi, ammo hali Ten Xag «Yunayted»ni oxir-oqibat yo‘lga qaytarishga intiladi.

Biz Ten Xag qo‘l ostidagi to‘purarlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola qilamiz.

10. Rasmus Xoylun - 5 ta gol

«Yunayted» muxlislari keyingi o‘n yil ichida Xoylunning yangi to‘qqizinchi raqami bo‘lishidan umidvor. Chunki bu vaqt mobaynida klub safida 9-raqamda o‘ynaganlar tayinli natija qayd etmayotgan edi.

Rasmus Hojlund's Time Will Come At Manchester United

Xoylun hali Premer-ligada raqib darvozasini ishg‘ol eta olmayotgan bo‘lsada, u Yevrokuboklarda o‘zini ko‘rsatdi. Mavsum oxirida biz «Yunayted»ning 64 million funt sterlingga imzo chekishi ushbu ro‘yxatda bir necha pog‘onaga ko‘tarilishini kuzatishimiz mumkin.

9. Fred - 6 ta gol

Braziliyalik yarim himoyachi shu yozda «Yunayted»ni tark etdi va yuqori notada xayrlashishga muvaffaq bo‘ldi. Fred 2022-23 yilgi mavsumda Ten Xag qo‘l ostida «Yunayted»dagi o‘zining eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazdi va bir nechta gollar urishga muvaffaq bo‘ldi

Fred completes move from Manchester United to Fenerbahce | The Independent

Hozirda uni «Fenerbaxche»da «Yunayted» akademiyasi sobiq bitiruvchisi Joshua King bilan birga o‘ynayotganini ko‘rishingiz mumkin. Ayni damda 30 yoshli futbolchi Turkiyada mashhur futbolchilardan biri hisoblanadi.

8. Jeydon Sancho - 7 ta gol

Ten Xag va Sancho o‘rtasidagi qarama-qarshilikni hisobga olsak, vinger o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi mumkin. Sancho Ten Hag qo‘l ostida «Yunayted»da o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazdi deya olmaymiz, shuningdek, Dortmundning «Borussiya»sining sobiq yulduzi bilan munosabat ham uncha yaxshi emas.

Erik ten Hag reviews Jadon Sancho's Manchester United return | The  Independent

Ikkala tomonning kelishmovchiligidan so‘ng, Sancho asosiy jamoadan uzoqda mashq qilishga majbur bo‘ldi va yanvar oyida jamoadan ketish ehtimoli kattaroq ko‘rinadi. "Old Trafford"da 23 yoshli futbolchi o‘zining nimalarga qodir ekanligini ko‘rsata olmayotgani, albatta, achinarli.

7. Alexandro Garnacho - 8 ta gol

Argentinalik o‘smir haqiqatan ham Ten Xag qo‘l ostida o‘zini ancha ko‘rsatdi va undan hali ko‘p narsa kutsa bo‘lishini isbotlamoqda. Garnacho ko‘pincha super-sub sifatida ishlatiladi, lekin u izchil boshlang‘ich tarkibdan joy topguniga qadar uzoq vaqt yo‘qotmaydi.

Alejandro Garnacho set to play for Man Utd against West Ham

19 yoshli futbolchi o‘z mahoratini stabil ko‘rsatish xususiyatga ega va «Everton»ga qarshi o‘yinda ajoyib zarbasi bilan mavsumning eng yaxshi gollaridan birini kiritdi. U allaqachon "Old Trafford" sodiq muxlislarining sevimlisiga aylangani ajablanarli emas.

6. Antoni - 8 ta gol

«Ayaks»da birmuncha muvaffaqiyat qozonganidan so‘ng, Ten Xag Antonini Premer-ligaga olib kelishga qaror qildi. U, albatta, arzonga tushmadi, chunki "qizil iblislar" braziliyalik uchun 82 million funt sterling to‘lashdi.

No assists, no 'big chances': Manchester United need more from £85m Antony

To‘g‘risini aytish kerakki, Antonidan ko‘p narsa kutilgandi, ammo 52 o‘yinda sakkizta gol qayd etdi. Braziliyalik futbolchida ishonchni oqlashga hali vaqt bor va unda potensial yetarli.

5. Skot Maktominey - 9 ta gol

Maktominey shotlandiyalik Zidanga aylandi, chunki u hozirda klub va terma jamoa safida yaxshi formada. 26 yoshli futbolchi Shotlandiyaning Yevro-2024 saralashida muhim rol o‘ynadi va u oxirgi paytlarda «Yunayted» tarkibida gollar muallifiga aylanmoqda.

Scott McTominay makes Premier League history against Leeds | Manchester  United

Uning «Brentfor»dga qarshi kechgan bahsdagi dubli Ten Xag jamoasiga uch ochkoni taqdim etdi va u «Chelsi» ustidan qozonilgan g‘alabada dubl qayd etdi.

4. Antoni Marsiyal - 11 ta gol

2015-16 yillarda «Yunayted»ga qaytganidan beri fransiyalik forvard har 3,5 o‘yinda o‘rtacha 1 gol urdi, ko‘p narsa kutilmagan hujumchi uchun yomon natija emas.

Why Anthony Martial is missing | Manchester United

Marsiyal so‘nggi bir necha yilni davomida davolanish stolida ko‘p vaqt o‘tkazdi, biroq u Ten Xag qo‘l ostida hozirgacha ikki ko‘rsatkichga erishgan to‘rt nafar futbolchidan biri.

3. Kazemiro - 11 ta gol

Kazemiro o‘zining gol urish qobiliyati bilan mashhur bo‘lmasada, u qayerda, qanday zarba berishni biladi. Braziliyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda jamoasiga juda yaxshi ta’sir o‘tkazdi va u, albatta, qiyin vaziyatlarda katta sahnaga chiqish qobiliyatiga ega.

Man Utd ratings vs Chelsea: Casemiro can't be stopped! Brazilian shows out  again to lead Red Devils back to the Champions League | Goal.com India

U Ten Xag qo‘l ostida allaqachon asosiy futbolchilardan biriga aylangan, uning eng muhim goli «Nyukasl»ga qarshi «Karabao» kubogi finalida bo‘lgan.

2. Brunu Fernandesh - 19 ta gol

2020 yil yanvar oyida kelganidan beri Fernandesh muntazam ravishda «Yunayted»ning eng yaxshi to‘purarlari qatorida turadi. 29 yoshli futbolchi Ten Xag qo‘l ostidagi jamoada asosiy futbolchilardan biri bo‘lib, unga niderlandiyalik murabbiy hatto sardorlik bog‘ichini ham topshirgan.

Bruno's back! Man Utd winners, losers and ratings as Fernandes and Fred  sweep sorry Spurs aside | Goal.com UK

Ten Xag murabbiyligi davrida 79 ta o‘yinda Fernandesh 19 ta gol urgan va 20 ta golli uzatmani ham amalga oshirgan. U bu mavsumda hal qiluvchi rolda bo‘lishi shubhasiz.

1. Markus Reshford - 32 ta gol

Yana kimni kutgandingiz? Reshford qolgan jamoadoshlari bilan raqobatda yetakchilikni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi, bu bilan Ten Xag qo‘l ostidagi boshqa o‘yinchilardan deyarli ikki baravar ko‘p.

How many goals has Marcus Rashford scored for Manchester United? Incredible  career-best streak for England star | Sporting News Canada

Angliyalik futbolchi 2022-23 yilgi mavsumda ancha o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi va «Yunayted»ning kuchli to‘rtlik uchun kurashda asosiy omil bo‘ldi. Bu mavsumda u xuddi shu formani takrorlash uchun kurashayotgan bo‘lsada, Ten Xag hali ham 25 yoshli futbolchiga ishonadi.

Manba: Planetfootbal.com
Kiritildi: 07:20, 11.12.2023.
O'qildi: 2856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.