Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Ibrahimovich «Milan»ga qaytishiga izoh berdi

Ibrahimovich «Milan»ga qaytishiga izoh berdi

Baho:
+ | -

Zlatan Ibrahimovich «Milan»ga qaytganidan so‘ng o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, shvesiyalik sobiq futbolchi sport masalalar bo‘yicha katta maslahatchi lavozimini egalladi va klub direktorlar kengashi tarkibiga kirdi.

«RedBird va «Milan»ga qo‘shilish imkoniyati va muhim lavozimni egallaganim uchun minnatdorchilik bildiraman. Jamoaning sport, media va ko‘ngilochar sohasidagi investision faoliyatiga o‘z hissamni qo‘shishni istayman.

«Milan»ga bo‘lgan muhabbatim hech qachon o‘lmaydi. Katta klub kelajagining muhim bo‘lagi bo‘lish — men orzu qilgan narsa. Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ko‘p o‘yladim. RedBird va «Milan» safida sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan mamnunman.

Men va oilam uchun bu sevimli klub va o‘z uyimizga qaytish bo‘ldi. Endi faoliyatimdagi navbatdagi bosqichni boshlayapman», – dedi Ibrahimovich.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:38, 11.12.2023.
O'qildi: 944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик