Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Bergkamp yangi klub sotib oladi

Bergkamp yangi klub sotib oladi

Baho:
+ | -

«Ayaks», «Inter» va Londonning «Arsenal» klublarining mashhur sobiq futbolchisi Dennis Bergkamp Angliyada klub sotib olib, klub xo‘jayini sifatida futbolga qaytish haqida o‘ylayotganini inkor etmayapti.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu Angliya futbolining uchinchi ligasida o‘ynayotgan «Uikomb Uonderers» klubi bo‘lishi mumkin.

«Shunday. Bu mening rejalarimning bir qismi, men yosh futbolchilarning o‘sishiga yordam bermoqchiman va ularga o‘z tajribamni taqdim etmoqchiman.

Bu xorijdan klubga milliard yevro sarmoya kiritishdan boshqa jarayon. Ishonchim komilki, Birinchi Liga klubi besh yil ichida, maksimal o‘n yil ichida, keraksiz xarajatlarsiz, malakali yondashuv bilan chempionshipga ko‘tarilishi mumkin», - deya Bergkampning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Italiyaning ITASportPress axborot agentligi.

Kiritildi: 13:51, 13.12.2023.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик