UYEFA yangilangan koeffisiyentlar jadvalini taqdim etdi.
Rossiya 11 pog‘ona pastlab, endi atigi 29-o‘rinni egallab turibdi. Bu Rossiya klublarining rasmiy turnirlardan chetlatilgani tufayli yuz berdi. Bu qaror UYEFA tomonidan 2022 yilning fevralida qabul qilingandi.
Reytingda katta farq bilan Angliya birinchi, Ispaniya ikkinchi, Italiya esa kuchli uchlikni yakunlab turibdi.
Shuningdek, kuchli o‘ntalikka quyidagilar kirgan: Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Portugaliya, Belgiya, Turkiya va Shotlandiya.