Bundesliganing 15-turidan o‘rin olgan "Borussiya" M – "Verder" uchrashuvining 13-daqiqasida muxlislar maydonga tangalar uloqtirishdi.
Bu xususiy investorlarning televideniye huquqlaridan olingan daromaddan ulush olishidan norozi bo‘lgan mezbonlar muxlislarining noroziligi edi.
Tegishli qaror 11 dekabr, dushanba kuni qabul qilindi - 24/36 Bundesliga va Bundesliga 2 klublari DFLga (Germaniya Futbol Ligasi) xususiy investorlar bilan muzokaralar olib borishga ruxsat berish uchun ovoz berishdi.
Xususiy investorlar 20 yillik huquqlar ulushini olishdan manfaatdor. DFL Bundesliga va Bundesliga 2 o‘yinlarini xalqaro bozorda translyasiya qilishdan tushgan daromadning 8 foizi evaziga 1 milliard yevrogacha pul olishi mumkin bo‘ladi.