Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 2-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 2-1 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Futbolchini limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 30 soat vaqt qoldi

Futbolchini limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 30 soat vaqt qoldi

Baho:
+ | -

"Superliga va Proliga reglamenti"ning 12.4-bandiga ko‘ra klub qishki transfer oynasi davomida 10 nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. O‘tgan mavsumni Proligada o‘tkazgan klublar sifatida Lokomotiv va Dinamo uchun limit 15 tani tashkil qiladi.

O‘zbekistonda qishki transfer oynasi 18 dekabr kuni ochiladi va u kelasi yilning 24 fevralida yakuniga yetadi. Reglamentning yuqoridagi bandidan kelib chiqib, oldindagi 30 soat davomida Liga ro‘yxatidan o‘tkazilgan futbolchi yuqoridagi limitga kirmaydi. Bu harakatni birinchilardan bo‘lib "Surxon" boshlagan bo‘lib, klub avgust oyidayoq ikki nafar futbolchi bilan 2024 yilning yanvaridan kuchga kiradigan mehnat shartnomasi imzolab ulgurgandi. 2023 yilgi mavsum yakuniga yetib borayotgan bir vaqtda qolgan klublar ham harakatni tezlashtirdi.

Ma’lumot uchun, futbol klubi 2005 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilarni cheklovdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega. Bunda Superliga klubining umumiy futbolchilari soni 60 nafardan oshmasligi kerak.

Kiritildi: 18:07, 16.12.2023.
O'qildi: 1489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.