Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

«Nasaf» futbol klubining mas’ul xodimlari bilan ham shartnomalar uzaytirildi

«Nasaf» futbol klubining mas’ul xodimlari bilan ham shartnomalar uzaytirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Nasaf» futbol klubi sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Sergey Kucherenko bilan amaldagi shartnoma 3 yilga uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, ukrainalik mutaxassis 2009 yilda «Nasaf» futbol klubiga taklif etilgan. Uning klub va futbol maktabidagi rahbarligi davrida bosh jamoa hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasining turli yosh toifasidagi jamoalariga ko‘plab yosh futbolchilar yetkazib berilgan.

«Nasaf» futbol maktabi direktori lavomizda ishlab kelayotgan Valentin Poddubniyning amaldagi mehnat shartnomasi ham 3 yilga uzaytirildi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Valentin Poddubniy boshchligidagi «Nasaf» futbol maktabi U-19 jamoasi O‘zbekiston birinchiligida faxrli ikkinchi o‘rinni, U-17 jamoasi Qashqadaryo birinchiligi g‘olibi, U-14 jamoasi O‘zbekiston birinchiligida faxrli ikkinchi o‘rinni, U-13 jamoasi O‘zbekiston birinchiligida faxrli uchinchi o‘rinni egallashdi.

Shuningdek, «Nasaf» futbol klubi texnik direktori lavozimida faoliyat yuritgan Botir Qorayev yangi mavsumni «Nasaf» U-21 jamoasi bosh murabbiyi lavozimida boshlaydi.

Kiritildi: 23:18, 16.12.2023.
O'qildi: 1049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.