Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Kimlardadir o‘sish, boshqalarda pasayish...

Kimlardadir o‘sish, boshqalarda pasayish...

Baho:
+ | -

Futbolchilar transfer bahosini shakllantirishga ixtisoslashgan mashhur transfermarkt portali O‘zbekiston Superligasi  yakuniga qarab, yangi narxlar jadvalini e’lon qildi.

Xo‘sh, unda qanday o‘zgarishlar bor? Kimlar bahosi qimmatlashdiyu, kimlarniki arzonlashdi? Umuman, chempionatimizning eng qimmatbaho futbolchilari ro‘yxatida kimlar bor?

TRANSFER BAHOSI BO‘YICHA YUKSALISH

Transfermarkt ma’lumotlariga qaraganda, Superliga-2023 yakunlariga ko‘ra, transfer bahosi bo‘yicha eng katta o‘sishga erishgan futbolchi - bu «Paxtakor» vakili Diyor Xolmatov. 21 yoshli tezkor yarim himoyachining yorlig‘iga 300 ming yevro qo‘shildi va endi uning umumiy summasi 750 ming yevroga yetdi. Odil Hamrobekov («Paxtakor»), Oston O‘runov («Navbahor»), Silvanus Nimeli («Surxon»), Ibrohim Yo‘ldoshev («Navbahor»)da transfer bahosi bo‘yicha o‘sish 200 ming yevro darajasida. Jasur Jaloliddinov («Olimpik»), O‘tkir Yusupov («Navbahor»), Islom Kenjaboyev («Qizilqum»), Ollobergan Karimov («So‘g‘diyona») va Bilol Tupliyev («Bunyodkor») kabi futbolchilar bahosiga 150 ming yevrodan qo‘shildi.

TRANSFER BAHOSI BO‘YICHA PASAYISH

Transfer bahosi bo‘yicha eng katta yo‘qotish hujumchi Shohruz Norxonovda. Yakunlangan mavsum avvaliga «Navbahor», keyin «Buxoro»da to‘p surgan futbolchining yorlig‘i 250 ming yevro darajasida pasayib, 600 mingga tushdi. «Paxtakor» himoyachisi Doston Tursunov yorlig‘idan esa 200 ming yevro kesib tashlandi - ikkinchi yomon ko‘rsatkich. Doston Hamdamov («Paxtakor»), Shahboz Jo‘rabekov («Navbahor»), Luka Chermel («Navbahor»), Tomislav Mrchela («Neftchi»), Eldor Suyunov («Paxtakor»), Shahzod Toirov («Surxon») va Abbos Otaxonov («Buxoro») ham 150 ming yevro yo‘qotishdi transfer summasidan. «Metallurg» vakili Muhammadaziz Ibrohimovda bu ko‘rsatkich -125 ming yevroga teng. 

ENG QIMMATBAHOSI HAMON  HAMROBEKOV

«Paxtakor» yarim himoyachisi Odil Hamrobekov hamon O‘zbekiston chempionatining eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turibdi. Yangi yorliqda unga qo‘yilgan summa - 1200000 yevro. Oston O‘runov («Navbahor») va Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»)ning transfer summasi ham 1 million yevroga yetdi. Hu tariqa  Superligada «millioner»lar soni 3 nafarga oshdi. Aytish joiz, Husniddin Aliqulov Turkiyaga yo‘l olgach, bu borada Odil Hamrobekov yolg‘izlanib qolgandi. O‘z o‘rnida shuni eslatish kerak, Oston O‘runovning bahosi 2020 yili 1,5 million yevroga qo‘tarilgan edi. Alijonov uchun esa 1 «limon» - bu rekord ko‘rsatkich. Shuningdek, 3 nafar futbolchining bahosi 900 ming yevroga teng. Ya’ni transfer yorlig‘i o‘zgarmagan Xurshid G‘iyosov (OKMK) va Sardor Sobirxo‘jayev («Paxtakor») qatoriga «Nasaf»ning chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayev qo‘shildi 100 ming yevroga teng o‘sish evaziga. Jamshid Iskanderov («Navbahor») va Aziz Turg‘unboyev («Paxtakor») 850 ming yevro bilan 7-8-o‘rinlarda. Top-11ning qolgan 3 nafar vakili - Akmal Mozgovoy («Nasaf»), Silvanus Nimeli («Surxon») va Milosh Milovich («Navbahor»)­da hozirgi summa 800 ming yevroni tashkil etmoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:00, 17.12.2023.
O'qildi: 2267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.