Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Grizmann sermahsul mavsum o‘tkazmoqda

Grizmann sermahsul mavsum o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -

Antuan Grizmann 2023/24 yilgi mavsumni samarali o‘tkazmoqda.

Madridning “Atletiko” klubi va Fransiya terma jamoasining 32 yoshli hujumchisi Ispaniya chempionatining 18-turida “Xetafe”ga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi.

Grizmann joriy mavsumda La Ligada o‘zining 10 va 11-gollarini (penaltidan) urdi va to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda bormoqda, o‘sha o‘yinning 93-daqiqasida penaltini golga aylantirgan "Xetafe" a’zosi Borxa Mayoral Grizmanndan bitta golga ortda qoldi.

To‘purarlar ro‘yxatida "Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem yetakchilik qilmoqda. Madridliklar yilning so‘nggi o‘yinini 21 dekabr kuni o‘z maydonida "Alaves"ga qarshi o‘tkazadi.

Chempionlar ligasini qo‘shib hisoblaganda Grizmann mavsumdagi 23 o‘yinda 16-golini urdi.

Kiritildi: 06:31, 20.12.2023.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик