Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Yanvarda amalga oshirish kutilayotgan super transferlar

Yanvarda amalga oshirish kutilayotgan super transferlar

Baho:
+ | -

Garchand, katta klublar o‘zlarining muhim figuralarini sotishni istashmasa ham, moliyaviy vaziyat va futbolchilar istagi ko‘p narsani o‘zgartirishga qodir. Biz yaqin tarixda qishki transferlar oynasida ko‘plab yirik ko‘chishlarga guvoh bo‘lganmiz. Ular ichida 100 milliondan oshiq bo‘lgan Enso Fernandes va Filippe Koutinyo xaridlari mavjud. Quyida narx va nom borasida ulardan qolishmaydigan ehtimoliy xaridlar haqida bilib olasiz.

Jeydon Sancho – "Borussiya Dortmund"ga

Sanchoning narxi borgan sari tushib ketmoqda. Ingliz hujumchisining "Orzular teatri"dagi ishlari hech yurishmadi. U hozirga qadar 82 ta bahsda 12 ta gol urishga erisha oldi xolos. Jeydon Sancho hozir Erik ten Xag bilan munosabat borasida muammoga ega. Shu sababli uni "MYU"dagi kelajagi xavf ostida. Futbolchining o‘zi ham jamoasini yangilashga qarshi emas. Unga "BVB" qiziqish bildirmoqda. 23 yoshli hujumchi yana eski klubiga qaytishi mumkin. Oldingi davrda Sancho Bundesliga giganti uchun 137 o‘yinda 117 ta golda qatnashgan edi. Bu safargisi esa undan ham yaxshi bo‘lishi mumkin.

Ayvan Tauni – "Arsenal"ga

"Arsenal"ga yangi hujumchi kerak bo‘lib turibdi. Mikel Arteta faqatgina Gabriel Jezusga ishonib qola olmaydi. Ha, u jamoani o‘zgartirishda katta hissa qo‘shdi. Ammo gol mashinasiga aylana olmadi. Qolaversa, braziliyalik jarohatlarga moyil futbolchi. Shu sababli klubga yangi, haqiqiy "to‘qqizinchi raqam" egasi kerak. Ammo bunday transferni amalga oshirish uchun, avvalo Eddi Nketiani sotish lozim.
Ayni damda "Brentford" yulduzi Ayvan Tauni to‘pchilar radarida turibdi. Uni super-transfer deyish qanchalik to‘g‘ri bo‘lishini bilmaymiz. Ammo narx e’tibori bilan shundayligi aniq. Negaki, 27 yoshli hujumchini "Brentford" 100 million funtdan kamiga sotmoqchi emas.

Andre – "Liverpul"ga

Andre futbol ommasi nazariga Libertadorlar kubogi davrida tushgan edi. U "Fluminense" safida fantastik daraja namoyish etmoqda. APL klublari Andre xaridiga qiziqib qolgan. Yurgen Kloppga tayanchi yarim himoyachisi yetishmayapti. Adre esa bu borada mersisaydliklar muammosiga yechim bo‘la oladi. 23 yoshli futbolchiga "MYU" ham da’vogarlik qilayotgan edi.

Gonsalu Inasiu – "Real"ga

Anchelotti mavsumning birinchi yarmida jarohatlardan qiynalayotgan "Real"ni yaxshi boshqarmoqda. Ammo himoyadagi muammolarga ortiq ko‘z yumib bo‘lmaydi. Alabaning safdan chiqishi madridliklarning uzoq muddatlik rejalariga putur yetkazishi mumkin. Ayni damda ishonchli vakillardan faqatgina Antonio Ryudiger qoldi. Agarda unga ham zahm yetsa nima bo‘ladi? Shu nuqtayi nazardan jamoaga zudlik bilan himoyachi kerak. Bu borada "Sporting" yulduzi Inasiu yordamga keladi. 60 million yevroga baholanayotgan futbolchi, yosh va chaqqon. Shu sabab, uni uzoq muddatni ko‘zlab sotib olish mumkin.

Viktor Osimxen – "Chelsi"ga

Joriy mavsumda Osimxenga jarohatlar katta muammo keltirdi. Uning jamoasi esa turnir jadvalida ancha murakkab ahvolda qolmoqda. Nigeriyalik gol mashinasi o‘tgan mavsumni 24 ta gol bilan yakunlagan. Ammo uning ketish vaqti yetganga o‘xshaydi. 120 million yevro to‘lagan klubgina 24 yoshli hujumchiga erisha oladi. "Chelsi" Osimxen uchun eng jiddiy da’vogar bo‘lib turibdi. Pochettino jamoasi u orqali yana yetakchilar safiga qaytib olishi mumkin.

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:06, 21.12.2023.
O'qildi: 5489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.