Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Zirkzee faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin

Zirkzee faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

"Bolonya" hujumchisi Joshua Zirkzee tez orada top-klublardan biriga o‘tishi mumkin.

Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan yozda muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida "Bavariya"dan "Bolonya"ga ko‘chib o‘tgandi. 22 yoshli forvard muvaffaqiyatga erishdi va endi unga grandlar qiziqish bildirishmoqda. Insayder Fabrisio Romanoning hamkasbi Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, Zirkzeening shartnomasida tovon puli 40 million yevroni tashkil qiladi, biroq “Bavariya” futbolchini atigi 20 millionga qaytarishi mumkin. Bundan tashqari, myunxenliklar niderlandiyalik futbolchining boshqa jamoaga transferidan 50 foizini olishi mumkin.

Joshua Zirkzee joriy mavsum “Bolonya” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 03:56, 22.12.2023.
O'qildi: 925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик