Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Pochettino yarim himoyachisining kelajagi haqida fikr bildirdi

Pochettino yarim himoyachisining kelajagi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Konor Gallaxer atrofida yuzaga kelgan vaziyat haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Avvalroq "Chelsi" angliyalik futbolchini qishki transfer oynasida sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Gallaxerga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.

“Murabbiy uchun bu jarayonga aralashish qiyin. Bu qarorni klub va futbolchi qabul qiladi. Mening vazifam o‘yin topishdir. Ayni damda Konor fantastik darajada o‘ynamoqda va jamoaga katta yordam bermoqda", - dedi Pochettino matbuot anjumanida.

Joriy mavsumda 23 yoshli Gallaxer “Chelsi” safida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:37, 22.12.2023.
O'qildi: 891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик