Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Tanishing: «Navbahor»ning raqibi — «Al-Ittihod»!

Tanishing: «Navbahor»ning raqibi — «Al-Ittihod»!

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, qur’a natijasiga ko‘ra, "Navbahor"ga Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finalida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi raqib bo‘ldi.

“Al-Ittihod” Saudiya Arabistonining Jidda shahri sharafini himoya qiladi va jamoa 1927 yilda tashkil topgan hamda Saudiyaning uzoq yillik tarixga ega, obro‘li va taniqli klublaridan biri hisoblanadi.     

Ta’kidlash joizki, “Al-Ittihod” asos solinganidan buyon, 31 ta turli darajadagi sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Aytish lozimki, jamoa 9 karra Saudiya Arabistoni chempioni hamda 2 karra Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL, 2004, 2005 yillar mavsumlarida) g‘olibi hisoblanadi.

Bundan tashqari, “Al-Ittihod” Osiyo Kubok egalari kubogi (1999 yil), Arab ligasi Chempionlari kubogi (2004/2005 yillar mavsumi), Fors ko‘rfazi mamlakatlari klublari o‘rtasidagi chempionlar kubogi (1999 yil) hamda 2 marta Saudiya – Misr superkubogi (2001, 2003 yillar)ni ham qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, OCHLning 2009 yilgi finalchisi hisoblanadi.

Saudiya Arabistonida esa ta’kidlaganimizdek, 9 karra chempionlikdan tashqari, 6 marta “Qirol kubogi”, 7 marta valiahd shahzoda kubogi, 3 marta Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi kubogi sohibi sanaladi.      

Bo‘lajak raqibimiz o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni Premyer-ligasida chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan va amaldagi chempion hisoblanadi.

Ayni paytda “Al-Ittihod” tarkibida 10 nafar legioner to‘p tepmoqda. Bular: darvozabon – Marselo Groe (Braziliya, 36 yosh), himoyachi – Luis Felipe (Italiya, 26 yosh), yarim himoyachilar – Fabinyo (Braziliya, 30 yosh), N`Golo Kante (Fransiya, 32 yosh), Igor Koronado (Braziliya, 31 yosh), Juan Felipe (Portugaliya, 24 yosh), Nuriddin el Baxar (Misr, 19 yosh), hujumchilar – Karim Benzema (Fransiya, 36 yosh), Romarinyo (Braziliya, 33 yosh) hamda Abdurazzoq Hamdalla (Marokash, 33 yosh).

Jamoani ayni paytda argentinalik 47 yoshli murabbiy Marselo Galyardo boshqarmoqda. Mazkur mutaxassis “Al-Ittihod”ga joriy yilning 18 noyabr kuni bosh murabbiy etib tayinlandi.    

Bo‘lajak raqibimiz o‘z uy uchrashuvlarini 2014 yilda qurib bitkazilgan, 60 000 (oltmish ming) nafar muxlisga mo‘ljallangan “Qirol Abdulloh” va 1970 yilda ochilgan, o‘z bag‘riga 24 000 (yigirma to‘rt ming) nafar tomoshabinni sig‘dira oladigan “Shahzoda Abdulloh Al-Faysal” stadionlarida o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz,  OCHL nimchorak finalining dastlabki bahslari 12-13 fevral, javob uchrashuvlari esa 19-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

“Al-Ittihod”ga qarshi kechadigan nimchorak finalning bo‘lajak o‘yinlarida jamoamizga omad yor bo‘lishini tilaymiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:32, 29.12.2023.
O'qildi: 4426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.