Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan "Inter" bilan hamkorlikni uzaytirdi, bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
Jurnalistning xabar berishicha, 34 yoshli futbolchining Italiya top-klubi bilan tuzgan yangi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Geynrixning maoshi mavsumiga 4 million yevroni tashkil qiladi. “Inter” manfaati uchun yarim himoyachi Saudiya Arabistoni chempionatidan tushgan takliflarni rad etdi.
Italiya A Seriyasining joriy mavsumida Mxitaryan 18 ta o‘yin o‘tkazdi. Yarim himoyachi ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.