Shanba oqshomida “Nottingem Forest” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi va 2:1 hisobida zafar quchdi.
Jamoasining yagona goliga Markus Reshford mualliflik qildi. Demak, bu Markusning Premyer-liga joriy mavsumidagi uchinchi goli bo‘ldi.
U 3 sentyabr kuni “Arsenal”ga qarshi o‘yinda (1:3), shuningdek, 26 noyabr kuni “Everton”ga (3:0) qarshi bahsda katta sahnaga chiqqan.
O‘tgan mavsumda Markus 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgandi. Bu yil u hozirgacha 18ta o‘yinda maydonga tushdi.