RMC Sport jurnalisti Daniel Riolo "Real"ga o‘tishi mumkin bo‘lgan "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Shaxsan men uchun Mbappening ketishi yoki ketmasligining farqi yo‘q. Bu uning tanlovi bo‘ladi. Meni ko‘proq tashvishga solayotgani Fransiyada Kilianga munosabat jiddiy yomonlashgan. Ko‘proq odamlar unga salbiy munosabatda bo‘lishmoqda. Hammasiga uning qat’iyatsizligi aybdor, buning dastlabki belgilari o‘tgan yozda paydo bo‘lgan", - dedi jurnalist.
Mbappening "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Liga 1ning joriy mavsumida forvard 16 uchrashuvda 18 ta gol urdi.