Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

"Arsenal" yanvar oxiriga qadar 6 ta futbolchisini sotadi. Ularning kimligini bilasizmi?

"Arsenal" yanvar oxiriga qadar 6 ta futbolchisini sotadi. Ularning kimligini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Yanvardagi transferlar bozori Mikel Artetaga muammoli jamoasini yaxshilash uchun yangi imkoniyat taqdim etadi. To‘pchilar Rojdestvodagi yetakchilik pozisiyasini Yangi Yilga qadar yo‘qotib qo‘ydi. Ayni damda to‘pchilar 4 o‘rinni egallab turibdi. Shu sababli jamoaga yangi qon zarur. Ammo xaridlardan oldin sotuvlarni amalga oshirish talab etiladi. Quyida "Arsenal" tomonidan sotuvga qo‘yilishi kutilayotgan nomlarni bilib olasiz.

Sedrik Suaresh

32 yoshli qanot himoyachisi yangi "Arsenal"ning standartlariga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lib ulgurgan. Suareshning amaldagi bitimi shu yili yozda tugaydi. Shu sababli u sotuvga qo‘yiladi. Portugaliya terma jamoasi a’zosi 2020 yilda "Sautgempton"dan xarid qilingan edi. Bu mavsumda Soaresh 65 daqiqagina maydonda harakat qildi xolos. Unga ayni damda "Beshiktosh" va "Trabzonspor" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Eddi Nketia

Nketia so‘nggi bor "Arsenal" bilan shartnomasini 2022 yilning yozida yangilaydi. O‘shanda u Tyerri Anrining afsonaviy 14 raqamini oladi. Ammo mavsum davomida 24 yoshli hujumchiga ishonib bo‘lmasligi allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurgan. Nketia bu mavsumda APLda 10 ta o‘yinda 5 ta golga mualliflik qildi. Unga ayni damda "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda. Hujumchining amaldagi bitimi 2027 yilda yakunlanadi.

Emil Smit-Rou

Smit-Rou kerakli vaqtlarda ham maydonga kamdan-kam tushirilmoqda. Bir paytlar u Artetani og‘ir vaziyatlardan qutqarib qolgandi. Ammo hozir 23 yoshli qahramonimizning ishlari yurishmagan. Emil 2021 yilda yangi bitimga imzo chekkan. Ammo so‘nggi 2 ta mavsumdan beri u APLning birorta bahsida asosiy tarkibda maydonga tushganicha yo‘q. Smit-Rouning amaldagi bitimi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. "Nyukasl" ingliz futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.

Aron Ramsdeyl

Jamoadan ketish uchun eng ko‘p harakat qilayotgan bu Ramsdeyl bo‘lib turibdi. Shu yozda Yevro musobaqasi yaqinlashmoqda. Shu sabab u doimiy o‘yin vaqti istaydi. Arteta esa hech qanday xatoga yo‘l qo‘ymagan posbonni zaxiraga mixlab qo‘ygan edi. Ramsdeyl 2021 yilda "Sheffild Yunayted"dan 30 million funtga xarid qilinadi. Uning shartnomasi esa 2026 yilda tugaydi. Ramsdeylga "Chelsi" va "Nyukasl" da’vogarlik qiladi.

Yakub Kivior

Kivior o‘tgan yanvarda "Spesiya"dan 20 million funt evaziga sotib olingandi. Ammo bir yil davomida uning jamoadagi ishtiroki unchalik ham ko‘p bo‘lmadi. Polsha terma jamoasi a’zosi bu mavsumda APLning faqat sakkizta o‘yinida maydonga tushdi. Ammo uni sotish biroz tavakkalchilik bo‘lardi. Negaki, hademay Tomiyasu Osiyo chempionatiga yo‘l oladi. Shu sababli uning o‘rnini qoplash lozim.

Reyss Nelson

Nelson Artetaning sodiq futbolchilaridan biri sanaladi. U doim ham asosiy tarkibga kira olmaydi. Negaki, uning pozisiyasida Saka, Martinelli hamda Trossard mavjud. Nelson 2023 yilning iyul oyida yangi bitimga imzo chekkan edi. Ammo "Arsenal" uni sotishni ma’qul ko‘ra boshladi. Negaki, uning o‘rniga Sakaga raqobat taklif eta oladigan futbolchi kerak.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:00, 04.01.2024.
O'qildi: 7503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.