Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter 1-2 Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

APL. Tarixda qaysi klublar Rojdestvo payti yetakchilik qilib, yakunda chempionlikni boy bergan?

APL. Tarixda qaysi klublar Rojdestvo payti yetakchilik qilib, yakunda chempionlikni boy bergan?

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning so‘nggi yillar ichki chempionatdagi dominantligi hech kimga sir emas. Ammo ular doim ham Yangi Yil arafasida turnir jadvalida yuqori o‘rinlarda bora olmagan. Masalan, ular 7 ta chempionlik mavsumining faqat ikkitasida dekabr oxirida yetakchi edi.
Quyida hozirgi "Arsenal" kabi Rojdestvoda yetakchilik qilib, mayda chempionlikni nishonlay olmaganlar haqida gaplashamiz.

"Arsenal" (2022/23)

To‘pchilar o‘tgan mavsumda hammani hayron qoldira oldi. Ular eng yosh jamoa bo‘la turib, uzoq vaqt yetakchilikni bermay kelgandi. Ammo fevraldan boshlab hammasi o‘zgardi. "Manchester Siti" "Arsenal"ni ikki bor mag‘lub etib, yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi va yakunda chempionlikni qo‘lga kiritdi. "Arsenal" esa 35 turga qadar jadval yetakchisi edi.

"Liverpul" (2020/21)

Klopp jamoasi 14 ta turdan keyin 2020 yil oxirida yetakchi edi. O‘shanda "MYU" mersisaydliklarga chempionlik poygasi taklif etadi. Rojdestvoda mavsum chempionlari bo‘lmish "Manchester Siti" 8 ochkoga ortda qolayotgan edi. Ammo jarohatlar vaziyatni o‘zgartirdi. Mayga qadar "shaharliklar" 12 ochkolik farq bilan chempion bo‘lgan bo‘lsa, "MYU" ikkinchi o‘rinni egalladi. "Liverpul" esa ammalab uchinchi o‘rinda qoldi.

"Liverpul" (2018/19)

Garchand Yangi Yilga qadar "Liverpul" yaqqol yetakchilik qilgan bo‘lsa ham, bu narsa Gvardiolaning mavsum oxiridagi "yirtqich" jamoasiga hech nima bo‘lmadi. "Manchester Siti" so‘nggi 14 ta turda faqat g‘alaba qozondi. Bu esa "ko‘klar"ning 98 ochko jamg‘arishini ta’minladi. "Liverpul" esa 97 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. Shunga qaramay, o‘sha mavsumda mersisaydliklar YECHL finalida zafar quchadi.

"Liverpul" (2013/14)

"Liverpul" APL tarixida eng ko‘p marta mavsum oxirida titulni boy berib qo‘ygan klub sanaladi. Afsuski, muhim pallalarda bu klub o‘zini tiklab ola bilmaydi. Mavsum yakunlanishiga bir necha hafta qolganida, Stiven Jerrard himoyada xato qiladi. "Chelsi" esa g‘alaba qozongan. Bu narsa yana "Manchester Siti" zafarini ta’minlaydi.

"Liverpul" (2008/09)

"Liverpul" mavsumni Rafael Benites qo‘l-ostida kuchli boshlaydi. Yangi yil kirishi bilan inqiroz boshlanadi. Ketma-ket duranglar "MYU"ga qo‘l keladi. Garchand "MYU" o‘z uyida 4-1 hisobida taslim etilgan bo‘lsada, 38 tur natijalari borasida Ser Aleks Fergyuson jamoasining qo‘li baland keldi. Federiko Machedaning "Aston Villa" darvozasiga kiritgan goli chempionlikni ta’min etadi.

"Arsenal" (2007/08)

2007 yilning qishida "Arsenal" yetakchi edi. Ammo "MYU" "Liverpul"ga qilgan ishini "Arsenal" bilan ham bir mavsum oldin takrorlaydi. Afsuski, Arsen Venger jamoasi mavsum oxiriga qadar 87 ochko bilan uchinchi o‘ringa tushib ketadi. Chempionlik poygasi esa "Chelsi" va "MYU" o‘rtasida kechdi.

"MYU" (2003/04)

2000 yillar oxirida kuchga kirgan bo‘lsa ham, 2000 yillar boshida "MYU" "Arsenal" va "Chelsi"ga imkoniyatni boy bergan. 2003 yilning oxirida APL yetakchisi "qizil iblislar" edi. Ammo yangi yilda 6 ta mag‘lubiyat va 4 ta durang hammasini o‘zgartirdi. "Arsenal" esa, hali hech kim takrorlay olmagan o‘sha afsonaviy yengilmas mavsumni amalga oshirdi. 2004 yilning mayida "Arsenal" oxirgi marta Angliya chempioni bo‘ladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:00, 05.01.2024.
O'qildi: 1900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.