Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Siyosatga qorishgan Superkubok

Siyosatga qorishgan Superkubok

Baho:
+ | -

Futbol matbuotini haftadan haftaga Turkiya futboliga daxldor kutilmagan va mojaroli xabarlar qoplamoqda

 Hakamlik borasida ko‘tarilgan mojarolardan keyin navbat mamlakat superkubogi uchun o‘yin atrofidagi voqealarga keldi.

Superkubok o‘yini nega qoldirildi?

Turkiyaga superkubogi uchun o‘yin 29 dekabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq «Galatasaroy» va «Fenerbaxche» o‘rtasidagi uchrashuv start hushtagiga atigi 10 daqiqa qolgan pallada bekor qilindi. Bunga futbolchilarga Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk tasviri tushirilgan futbolkalarni kiyish va uning shiori yozilgan bannerlarni ko‘rsatish taqiqlangani sababdir. Ta’kidlanishicha, Ar-Riyod hokimiyati yana jamoalardan Turkiya madhiyasini qo‘ymaslikni so‘ragan. O‘yin tashkilotchilari esa klublar kelishuv shartlarini bajarmaganini ma’lum qilishdi. «Avvalo, qardosh Turkiya bilan turli sohalar, jumladan, sportda yaqin aloqamiz borligidan faxrlanishimizni ta’kidlamoqchimiz. O‘yinni o‘z vaqtida va xalqaro qoidalarga muvofiq o‘tkazishni xohlagandik. Qoidalar esa barchasini sportga daxli yo‘q shiorlarsiz tashkillashni taqozo etadi. Hammasi Turkiya futbol federasiyasi bilan muhokama qilingan va o‘yin reglamentida ham qayd etilgandi. Turkiyaga hurmat doi­rasida stadionda davlat madhiyasi yang­rashi va tribunalarda turk bayroqlari ko‘tarilishiga ruxsat berildi. Shunga qaramay, ikki jamoa ham kelishilgan qoidalarga amal qilmadi, oqibatda o‘yin bekor bo‘ldi», — deya bayonot berdi superkubok tashkilotchisi Riyadh Season. Qayd etilishicha, turk klublari mamlakat mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan Saudiya­da Mustafo Kamol Otaturk surati tushirilgan liboslarda maydonga tushishni istagan. O‘yin bekor qilingach esa, «Galatasaroy» va «Fenerbaxche» delegasiyasi darhol Ar-Riyoddan Istanbulga qaytdi.

«Beshiktosh»dan tezkor taklif - Turkiya superkubogi o‘yi­nini qabul qilishga tayyor klub bor. «Bizning eshiklarimiz ochiq! Respublikamiz 100 yillik to‘yi sharafiga o‘tkaziladigan superkubok o‘yinini qabul qilishga tayyormiz. Otaturk muxlislarini Turkiya bayroqlari ostida «Dolmabaxche» stadionida kutamiz», — deyiladi «Beshiktosh» bayonotida.

Erdogandan munosabat

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan ham Turkiya superkubogi uchun o‘yin bekor qilinganiga alohida izoh berdi. «Turk sporti, ayniqsa, futbolimiz janjal emas, yutuqlar bilan kun tartibiga chiqishini istardim. Sport kundalik siyosiy raqobat «o‘lja»siga aylanmasligi kerak. Buning sportimizga hech qanday nafi yo‘q. Ushbu voqea fonida shou yoki provokasiya nishoniga tushmasligimiz kerak. Bunga aslo yo‘l qo‘yolmaymiz», — deya Turkiya rahbari so‘zlarini keltirdi Ajansspor.

Aytgancha, «Rize­spor»ga qarshi o‘yin (Superliga 15-turi)dan so‘ng bosh hakam Xalil Umut Melerga musht tushirgan «An­qaragyujyu» klubi sobiq prezidenti Faruk Koja sud vaqtigacha hibsdan ozod etildi. Fanatik nash­rida yozilishicha, qolgan ayblanuvchilar hamon panjara ortidalar. Eslatma, Turkiya futbol federasiyasi Kojaga nisbatan bir umrlik diskvalifikasiya chorasini qo‘llagandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:23, 05.01.2024.
O'qildi: 1473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик