Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Uch nafar o‘zbek hakami «Qo‘qon-1912» sport direktoridan pora olgani uchun umrbod futboldan chetlatildi

Uch nafar o‘zbek hakami «Qo‘qon-1912» sport direktoridan pora olgani uchun umrbod futboldan chetlatildi

Baho:
+ | -

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol faoliyatini nazorat qilish boʻyicha maxsus inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan OʻzFHM hakamlari Husan Muzaffarov, Obid Jumayev va Jasur Rustamov hamda “Qoʻqon-1912” futbol klubi sport direktori Shuhrat Moʻminovning kelishilgan oʻyinlarda ishtirok etganligi toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqildi.

Qoʻmita tomonidan kun tartibidagi masalani oʻrganish davomida aniqlanishicha, 2023-yil 22-mart kuni Proliga doirasida boʻlib oʻtgan “Qoʻqon-1912” – “Mashʼal” futbol klublari oʻrtasidagi uchrashuvdan oldin “Qoʻqon-1912” futbol klubi vakili Shuhrat Moʻminov Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi hakami Husan Muzaffarovga “Qoʻqon-1912” futbol klubi foydasiga hakamlik qilishini soʻrab murojaat qilgan hamda evaziga pul mablagʻi taklif qilgan. Uchrashuv bosh hakami Husan Muzaffarov ushbu taklifga rozi boʻlgan va oʻyin “Qoʻqon-1912” futbol klubi foydasiga yakunlangan.

Shuningdek, 2023-yil 18-iyun sanasida Proliga doirasida boʻlib oʻtgan “Orol” – “Qoʻqon-1912” futbol klublari oʻrtasidagi uchrashuv oldidan “Qoʻqon-1912” klubi vakili Shuhrat Moʻminov oʻyin hakamlari Husan Muzaffarov, Obid Jumayev va Jasur Rustamovlarga uchrashuvni “Qoʻqon-1912” klubi foydasiga hal boʻlishi uchun moddiy manfaat taklif etgan. Uchrashuv bosh hakami Husan Muzaffarov mazkur taklifga rozi boʻlgan hamda pul mablagʻlarini yordamchi hakamlar Obid Jumayev va Jasur Rustamovlar bilan oʻzaro boʻlib olganlar.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qoʻmitasi mazkur holatlar yuzasidan Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Husan Muzaffarov, Obid Jumayev va Jasur Rustamovni OʻFA Intizom kodeksining tegishli bandlarini buzgan deb topdi. Ularga nisbatan futbol bilan bogʻliq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish hamda jarima intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, “Qoʻqon-1912” futbol klubi sport direktori Shuhrat Moʻminov OʻFA Intizom kodeksining tegishli bandlariga asosan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bogʻliq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish jazosi tayinlandi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi kelishilgan oʻyinlarni aniqlash boʻyicha FIFA, OFK, “Sportradar” va boshqa tegishli tashkilotlar bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelayotganligini maʼlum qiladi. Oʻz navbatida, kelgusida aniqlanadigan holatlar yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:37, 07.01.2024.
O'qildi: 4187 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик