Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya - Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya - Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr

Angliya kubogi. «Liverpul» «Arsenal»ni musobaqadan chiqarib yubordi

Angliya kubogi. «Liverpul» «Arsenal»ni musobaqadan chiqarib yubordi

Baho:
+ | -

Angliya kubogining 3-bosqichida «Arsenal» va «Liverpul» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

"Kanonirlar" dastlabki 10 daqiqa ichida gol urish uchun 2 ta vaziyatni yuzaga keltirishdi. Dastlab Reyss Nelson raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatda Alissonni aldab o‘tdi, ammo o‘tkir burchakdan darvozaga aniq zarba bera olmadi. Martin Edegor tomonidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p to‘singa tegib qaytdi.

Taym so‘ngida esa Trent "Arsenal" darvozasi to‘sinini larzaga keltirdi.

O‘yin so‘ngida "Liverpul" g‘alabani ilib ketdi. 80-daqiqada Trent Aleksander-Arnoldnig uzatmasidan keyin Yakub Kivyor o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Luis Dias qarshi hujumni golga aylantirib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa, "Liverpul" Angliya kubogi 4-bosqichiga chiqdi, "Arsenal" esa musobaqani tark etdi.

Angliya kubogi, 3-bosqich
Arsenal – Liverpul 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 80, avtogol Kiver, 0:2 – 90+6 Dias.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver (Trossard, 88), Jorjinyo (Nketia, 81), Edegor, Rays, Xaverts (Smit-Rou, 88), Nelson (Martinelli, 62), Saka.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Konate, Kuansa, Gomes, Mak Allister (Gravenberx, 59), Jons (Klark, 75), Elliott (Bredli, 75), Dias, Gakpo (Diogu Jota, 59), Nunyes.
Ogohlantirishlar: Saliba (65), Elliott (70), Gravenberx (90), Klark (90), Aleksander-Arnold (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:36, 07.01.2024.
O'qildi: 2159 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик