"Manchester Yunayted"ning afsonaviy sobiq yarim himoyachisi Roy Kin Markus Reshfordning o‘yinlaridan ko‘ngli to‘lmayapti.
"Reshfordning o‘yinlari hafsalamni pir qilmoqda. Biz muxlislar undan ko‘proq narsani kutamiz", - dedi Kin.
26 yoshli Reshford joriy mavsumda jami 25 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.