Turinning “Yuventus” va Londonning “Chelsi” klublarida ishlagan italiyalik mashhur mutaxassis Antonio Konte o‘z vatanida ish topishi mumkin.
U "Napoli" bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkin.
“Men “Napoli”ni boshqarishim mumkin. Lekin men hammasi to‘g‘ri bajarilishini istayman”, - dedi mutaxassis.
Italiyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi Londonning "Tottenxem" klubi bo‘ldi. Antonio o‘tgan yilning mart oyida ingliz jamoasini tark etgandi.
O‘shandan beri u ishsiz. Italiya chempionatining 19-turi yakunlariga ko‘ra, “Napoli” 28 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.