Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Valverde: "Jamoaga yordam berish uchun hamma narsani qilardim"

Valverde: "Jamoaga yordam berish uchun hamma narsani qilardim"

Baho:
+1 | -

Ispaniya futboli muxlislari Madrid derbisi marafoniga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. "Real Madrid" va "Atletiko Madrid" bir oyda uchta o‘yin o‘tkazadi: Superkubok, Kubok va Ispaniya chempionatida. 10 yanvar kuni poytaxt klublarining ilk o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv oldidan Federiko Valverde matbuotga murojaat qildi. Jurnalistlar urugvaylik futbolchidan 2020 yilgi Ispaniya Superkubogi finalida Morataga qilgan mashhur qo‘polligini takrorlashga tayyormi yoki yo‘qligini so‘rashdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlangan. O‘yinning eng muhim epizodlaridan biri "Los Blankos" yarim himoyachisining qoidabuzarligi bo‘ldi.

115-daqiqada Morata Kurtua bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqandi. Madridliklar himoyasida Alvaroni ushlab qolish imkoniyati yo‘q edi, shuning uchun Valverde ekstremal qarorga keldi - u Moratani jarima maydonchasi yaqinida yiqitdi, buning uchun u qizil kartochka oldi.

Penaltilar seriyasida Los Blankos raqibidan kuchliroq chiqdi va Federiko uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Valverde, agar kerak bo‘lsa, o‘sha qoidabuzarlikni takrorlashga tayyorligini aytdi:

"Albatta, men buni yana qilgan bo‘lardim. Albatta, bosh bilan o‘ylash kerak, lekin agar jamoaga yordam kerak bo‘lsa... Yana shunday qilgan bo‘lardim, albatta. Men jamoaga yordam berish uchun hamma narsani qilardim", – dedi futbolchi. 

Kiritildi: 06:08, 10.01.2024.
O'qildi: 2022 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик