Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

"Al-Hilol" "Bavariya" futbolchisiga ko‘z tikdi

"Al-Hilol" "Bavariya" futbolchisiga ko‘z tikdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" chap qanot himoyachisi Rafael Gerreyru "Al-Hilol"ning transfer maqsadiga aylandi. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum boshlanishidan oldin "Borussiya Dortmund"dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan va myunxenliklar safiga qo‘shilgandi.

Mavsumning birinchi yarmida Gerreyru doimiy jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi, bu esa o‘yinlarning muhim qismini o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘ldi.

L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi kelganidan 6 oy o‘tib "Bavariya"ni tark etishi mumkin: "Al-Hilol" portugaliyalik futbolchi bilan bog‘lanib ulgurgan va lateralga qiziqish bildirmoqda.

Saudiya klubi sotib olish opsiyasi bilan ijara shartnomasini tuzishni kutmoqda. Rafael Gerreyru "Bavariya" safida barcha musobaqalarda sakkizta o‘yinda bitta gol urgan.

Kiritildi: 15:13, 12.01.2024.
O'qildi: 990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик