"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevillning fikricha, Erik ten Xag jamoasida o‘yinning o‘ziga xosligi rivojlanmagan.
"Qizil iblislar" yakshanba kungi APL doirasidagi o‘yinda "Tottenxem" bilan ochko bo‘lishib (2:2), to‘pga egalik qilish va darvoza tomon zarba berish bo‘yicha "shporlar"ni sezilarli darajada ortda qoldirdi.
"Manchester Yunayted" to‘pga egalik qiladigan jamoami? Yo‘q. Vertikal futbol o‘ynaydigan jamoami? Yo‘q. Qarshi hujum jamoasimi? Ba’zan.
Men bu uslubda hech qanday rivojlanishni ko‘rmayapman", dedi Nevill.