Oldin xabar berib o‘tilganidek, bugun “Andijon” Tojikistondagi qishki yig‘ini doirasida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini “Xo‘jand”ga qarshi o‘tkazdi.
Uchrashuv nihoyatda qiziqarli hamda gollarga boy tarzda o‘tdi va unda "Andijon" 8:1 hisobida raqibini tor-mor keltirdi.
Uchrashuvda tajribali hujumchi Shahboz Erkinov xet-trikka erishdi. Shuningdek, Islom Mamatkazin, Suhrob Berdiyev, Farhod Bekmurotov, Ilhom Abdug‘aniyev va Levan Arvaladze ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.