Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Gvardiola 2023 yilning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Gvardiola 2023 yilning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "The Best FIFA Football Awards"da 2023 yilning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

2022/2023 yilgi mavsumda “shaharliklar” 52 yoshli mutaxassis boshchiligida trebl: Angliya chempionati, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida zafar quchdi. Umuman olganda, jamoa 2023 yilda beshta sovrinni qo‘lga kiritdi (UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati).

"Sizga katta raxmat. Men ushbu sovrinni va ayni damni “Manchester Siti” va klubimizning egalarimiz bilan baham ko‘rmoqchiman. Murabbiylar shtabi va o‘z nomimdan futbolchilarimizga o‘tgan yillar davomida ushbu klub uchun qilgan ishlari uchun rahmat aytmoqchiman, shuning uchun ham barchaga istisnosiz bu yo‘l uchun rahmat. Har kuni ertalab ishga kelish sharaf edi.

Bu yerda bo‘lgan otamga rahmat, u 92 yoshda, u bu yerda ekanligidan juda xursandman", - dedi Gvardiola Yahoo Sports bilan suhbatda.

Ispaniyalik murabbiy 2016 yilning iyul oyida "Manchester Siti"ni qabul qilib olgan edi. Gvardiolaning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:06, 16.01.2024.
O'qildi: 1273 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.