Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Superliganing 8 klubi O‘FA talabi to‘liq bajarilganligini tasdiqladi

Superliganing 8 klubi O‘FA talabi to‘liq bajarilganligini tasdiqladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA professional futbol klublariga xat yo‘llab, 10 yanvarga qadar oylik-maoshlar bo‘yicha qarzdorlik bartaraf etilishi lozimligini bildirgandi. So‘nggi yillarda o‘xshash muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etib kelinayotgan bo‘lib, endilikda ayrim futbol klublarining oylik-maoshlar masalasiga nisbatan bo‘lgan loqayd munosabatini tartibga solishga erishish rejalashtirilgan.

Berilgan muddat davomida Superliganing 8 ta klubi oylik-maoshlar bilan bog‘liq talabni to‘liq bajarganligini tasdiqladi: OKMK, Surxon, Metallurg, Qizilqum, Lokomotiv, Dinamo, Bunyodkor, Nasaf. Shuningdek, Paxtakor va Andijon klublarida faqatgina dekabr oyi bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lib, har ikki klub aniq reja asosida uni bartaraf etish arafasida turibdi.

Neftchi klubining tegishli qo‘mita ko‘rib chiqqan hamda muhlat berilgan uchta ishi mavjud edi. Klub mazkur ishlarning barchasini o‘z vaqtida bartaraf etdi. Shuningdek, legioner futbolchilar bilan hisob-kitob qildi. Ayni vaqtda Neftchi noyabr oyi uchun qisman va dekabr oyi uchun oylik-maoshlar to‘lash choralarini ko‘rmoqda.

So‘g‘diyona klubida holat nisbatan murakkab. Qarzdorlik katta bo‘lmasa-da, klub ayrim hisob-kitoblarni o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirilmagan. Shuningdek, noyabr va dekabr oylaridan qarzdorlik mavjud.

Navbahor klubi faqatgina 15 yanvar kuni Ligaga rasmiy xat bilan chiqib, 31 yanvar sanasiga qadar Liga oldidagi qarzdorlik bartaraf etilishini ma’lum qildi. 2024 yilni Superligada o‘tkazadigan futbol klublari orasidan faqatgina Navbahor qatnashchilik bilan bog‘liq majburiyatlarini bajarmagan. Shundan kelib chiqib Liga Navbahor farm jamoasini Pro ligadan chetlashtirish masalasini kun tartibiga kiritgan. Qo‘shimchasiga, Navbahor futbolchilar, murabbiylar va boshqa ishchi-xodimlar bilan munosabatlarda qator qarzdorliklarga ega.

Ma’lumot uchun, Liga ayni vaqtda klublarning mehnat shartnomalariga muvofiq belgilangan ish haqi hamda rag‘batlantirish masalasiga e’tibor qaratdi. Rasmiy uchrashuvlar uchun klub tomonidan berilishi mumkinligi nazarda tutilgan qo‘shimcha mukofot pullari masalasi bunda inobatga olinmagan. Sababi mukofot pullari odatda mehnat shartnomasiga qo‘shimcha tarzda klubning moddiy imkoniyatidan kelib chiqib, alohida rasmiylashtiriladi, deyiladi liga xabarida.

Kiritildi: 13:59, 16.01.2024.
O'qildi: 1577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.