Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" o‘z himoyachisining jamoadan ketganini e’lon qildi

"Manchester Yunayted" o‘z himoyachisining jamoadan ketganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" himoyachisi Alvaro Fernandes jamoasini o‘zgartirdi. "Qizil iblislar" klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi joriy mavsum oxirigacha Portugaliyaning "Benfika" klubiga ijara asosida o‘tgan.

Fernandes - "Real Madrid" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchi 2020 yilda “Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan va klubning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida o‘ynagan.

Himoyachi hali “Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibida maydonga tushmagan. Joriy mavsumning birinchi yarmida Fernandes “Granada” safida ijara asosida o‘ynadi. Himoyachi Ispaniya chempionatining 13ta uchrashuvida qatnashib, bitta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 13:48, 17.01.2024.
O'qildi: 1822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.