Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

"Real"da Mbappega joy yo‘q

"Real"da Mbappega joy yo‘q

Baho:
+-1 | -

Kilian Mbappe 2022 yilda "Real"ga o‘tishi mumkin edi. Buning uchun hammasi yaxshi ketayotgandi: futbolchining “PSJ” bilan shartnomasi yakunlanayotgandi, Madridda esa superyulduzning o‘rni bo‘shab qolardi. Benzema o‘zining eng yuqori cho‘qqisida edi, lekin uning pasportidagi raqamlar uni tez orada almashtirish kerakligi haqida hayqirardi.

OAV Mbappe qayerda o‘ynashi, Anchelotti unga qanday mos kelishi va Kilian "Real Madrid" tarkibida qancha "Oltin to‘p" yutishini allaqachon tahmin qilish bilan band edi. Va keyin Mbappe “PSJ” bilan shartnomasini uzaytirdi.

2024 yilga o‘tamiz. Mbappening Parij bilan shartnomasi yana yakuniga yetmoqda. Va yana "Real"ga o‘tish mumkinligi haqida gaplar avj oldi. Ammo bir nyuans bor. Madrid Jud Bellingem bilan shartnoma imzoladi, hujumni tikladi va yangiladi. Va bu konfigurasiyada Mbappe uchun joy yo‘qdek.

Benzema ketganidan keyin Anchelotti hujumini qaytadan o‘ylab ko‘rdi. Endi chaqqon Vinisius va Rodrigo oldinda yugurishmoqda, Bellingem ham muntazam ravishda ishtirok etadi. Jud, xuddi kuchli britaniyalik jangovar kema kabi, birovning jarima maydonchasiga kirib, gol urib qaytadi. Shu bilan parallel ravishda u butun jamoani muvozanatlashtirib, himoyada ishlashga muvaffaq bo‘ladi.

Bugungi "Real" muvozanatli. U mukammal emas, u daxlsiz emas. Ammo yangilanish jarayonida bo‘lgan jamoa uchun "Real Madrid" ajoyib formada. Albatta, biz hali ham Modrich va Kroosning o‘rnini kim egallashi haqida o‘ylashimiz mumkin. Ammo hujumda "Real" allaqachon yosh, yangi va sermahsul.

Fransuz "Real"ni kuchliroq qila oladimi? Nazariy jihatdan, albatta, ha. Mbappe top futbolchi. Ammo Anchelotti "Real Madrid"ga o‘tsa, Kilianni tom ma’noda siqib chiqarishi kerak degan fikr bor. Karlo allaqachon mukammal ishlaydigan narsani buzishga majbur bo‘ladi.

Balki "Real" Benzema qo‘l ostida bo‘lganidek 4-3-3 ga qaytadi va Mbappe uchun joy bo‘ladi. Mayli, tasavvur qilaylik. Qaysi joy? Chapgami? Vinisius "Real"dan hech qayerga ketayotganga o‘xshamaydi. Ammo 4-3-3 dagi boshqa hujum pozisiyalarida u unchalik samarali emas. Mbappeni o‘ngga qo‘yasizmi? U “PSJ”da ham, termada ham o‘ng qanotda o‘ynamaydi.

Markaz hujumchisi? Balkim. Parijda Kilian so‘nggi paytlarda tez-tez markaziy hujumchi sifatida o‘ynadi. Ammo keyin yana bir muammo paydo bo‘ladi. Tasavvur qiling: Vini - Mbappe - Rodrigo oldinda. Ular ko‘p himoyalanishlari dargumon, shunday emasmi? Mbappe allaqachon uchta futbolchi himoyaviy ishdan butunlay ozod qilingan jamoada o‘ynagan.

Yana bir muhim jihat: Endrik yozda “Real”ga keladi. Kattalar darajasida u hali Mbappedek o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Ammo u fenomen sifatida tasdiqlangan va 17 yoshida u ajoyib natijalarni ko‘rsatdi. Endrik "Palmeyras" safida allaqachon 60 ta o‘yin o‘tkazgan, u allaqachon asosiy Braziliya terma jamoasida o‘ynamoqda.

Endrik, albatta, Mbappe kabi katta futbol tomonidan isbotlanmagan. Ammo "Real Madrid"da Endriksiz ham qaror qabul qiladigan odam bor. Yosh braziliyalik uchun esa bu ortiqcha: undan birdaniga hamma narsani talab qilishmaydi, u asta-sekin jamoaga qo‘shilib, yangi sharoitlarga moslasha oladi.

Shu bilan birga, Endrik har doim variant sifatida mavjud bo‘ladi. U "Real Madrid"ga vaqti-vaqti bilan yetishmayotgan hujumga chuqurroq kirib boradi. Xoselu juda ko‘p harakat qilmoqda, lekin, birinchidan, u hali ham ancha cheklangan futbolchi, ikkinchidan, u allaqachon 33 yoshda.

Albatta, "Real Madrid" Mbappeni faqat super yulduzni qo‘ldan boy bermaslik uchun olishi mumkin. Ammo Florentino Peres 2000 yillarning boshlarida, Galaktikosni tuzganida bundan aziyat chekkan. "Real Madrid"ga ikkinchi marta kelganida Peres iloji boricha hushyor va ehtiyotkor edi.

"Real Madrid" bir marta Mbappeni olmoqchi bo‘lgan, ammo u "PSJ"da qoldi. Ikki yil o‘tdi. O‘zingiz baho bering, kim yaxshiroq harakat qilmoqda: Mbappe yoki “Real”. Madrid Kiliansiz ancha xotirjam yashashda davom etadi. Bu yaxshilanishi mumkin, ammo yomonlashishi xavfi kam.

Mbappe "Real"ga o‘tmasa nima qilishi kerak? “PSJ” bilan yana shartnomani uzaytirishmi? Yoki Angliyaga ketishmi? Mbappega "Real Madrid" kerak. Lekin "Real"ga Mbappe unchalik ham kerak emas.

Bugun "Real" shunday. Superyuluzdan voz kechishi mumkin va bundan umuman aziyat chekmaydi. Bravo, Don Florentino! O‘rganing, boshqalar!

Kiritildi: 13:59, 17.01.2024.
O'qildi: 10104 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.