"Shaxtyor" vinger Kevin bilan shartnoma imzoladi.
21 yoshli futbolchi "Palmeyras"dan 12 million yevroga sotib olindi, yana 3 millioni esa bonus sifatida taqdim etildi. Mablag‘ ikki yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi, dedi Ukraina klubi bosh direktori Sergey Palkin.
Futbolchi yangi jamoada 37-raqamda o‘ynaydi.
Braziliya chempionatida Kevin 9ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.