Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya klubi barcha mish-mishlarni rad etdi

A Seriya klubi barcha mish-mishlarni rad etdi

Baho:
+ | -

"Empoli"da sport direktori lavozimini egallagan Pyetro Akkardi matbuotdan olingan ma’lumotlarga javob berdi.

A Seriya klubi himoyachi Adrian Ismoiliyni “Lokomotiv”ga 4 million yevro evaziga sotishga tayyorligi, biroq "temiryo‘lchilar"ni bu narx qanoatlantirmayotgani xabar qilingandi.

"Bu yolg‘on. Klub, prinsipial jihatdan, himoyachini "Lokomotiv"ga sotishga tayyor emas", - deya Akkardidan iqtibos keltiradi Sport-Ekspress.

Adrian Ismoiliy 2023/2024-yilgi mavsumda “Empoli” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi. Albaniya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi hech qanday samarali harakatlari bilan qayd etilmadi.

Kiritildi: 23:58, 22.01.2024.
O'qildi: 1201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.