"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes himoyachilar Joau Kanselu va Andreas Kristensenning holati haqida ma’lumot berdi.
"Kanselu va Kristensen yaxshi. Ular o‘ynashga tayyor. Joauni hech nima bezovta qilmayapti. U o‘ynashni xohlaydi. Kristensen ham xuddi shunday", - deya ispaniyalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi Barcacentre.
Eslatib o‘tamiz, ikkala futbolchi ham jarohatlar sabab La Liganing “Betis” bilan so‘nggi o‘yinini (4:2) o‘tkazib yuborgandi.